
O‘zbekiston Jahon chempionatiga saralashning 4-turida Gonkongni yirik 3:0 hisobida mag‘lub qilib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. O‘yindan keyin jamoa sardori Eldor Shomurodov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Minimum vazifani bajardik. Hamma bilan kelishgan holda guruhdan birinchi o‘rin bilan chiqishni maqsad qilganmiz. Bugungi o‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsam, maydonda biz ustun bo‘ldik va 3 ochkoni qo‘lga kiritdik".
Shuningdek, hujumchi Eron bilan bo‘lajak bahs borasidagi savolga ham javob berdi:
"Avval ham aytganman. Bunga e’tibor bermaymiz. Bizda ajoyib jamoa bor. Raqib kimligini farqi yo‘q", - dedi Shomurodov.
Eslatib o‘tamiz, Eron Turkmanistonni kichik 0:1 hisobida mag‘lub qilib, birinchi o‘ringa qaytdi. Katanes shogirdlari 11 iyun kuni "Ozodi"da eronliklarga qarshi maydonga tushadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar