23:41 / 26.03.2024
938

Italiyaliklar Shomurodovdan xavotirda!

Italiyaliklar Shomurodovdan xavotirda!
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati sari yurishini davom ettirmoqda.

Osiyo saralash turniri ikkinchi bosqich guruh bahslarining to‘rtinchi turida futbolchilarimiz Toshkentdagi bahsda Gonkong terma jamoasi darvozasiga javobsiz uchta to‘p kiritdi. Shu tariqa, Srechko Katanes shogirdlari ochkolari sonini 10 taga yetkazib, keyingi bosqich masalasini amalda muddatidan oldin hal qilib bo‘ldi.

Uchrashuvda hisobni 20-daqiqada Eldor Shomurodov ochdi. Ikkinchi bo‘limda Hojimat Erkinov hamda Oston O‘runov raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

O‘yinda xavotirli holat yuzaga keldi. Yaqinda og‘ir jarohatdan tiklangan Eldor Shomurodov yana shikastlangan ko‘rinadi.

Italiya matbuoti bunga darrov e’tibor qaratdi.

MARKO BLAZI, cagliarinews24.com eksperti:
“Kalyari” hujumchisi Eldor Shomurodov 2026 yilgi jahon chempionatining saralash uchrashuvida yana O‘zbekiston milliy terma jamoasi qahramoniga aylandi.

O‘zbekiston Gonkongni 3:0 hisobida taslim qildi va “Kalyari” forvardi yana gol urib, hisobni ochdi. Biroq Shomurodovning jismoniy holati xavotir uyg‘otmoqda. Chunki u oyog‘idan operatsiya qilinib, yaqindagina salomatligini tiklagan edi.

JANKARLO KORNAKKIA, tuttocagliari.net eksperti:
Eldor Shomurodov gonkongliklarni 3:0 hisobida mag‘lub etgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida yana gol urdi. “Kalyari” hujumchisi o‘ng qanotdan uzatilgan ishpni darvoza to‘riga joyladi.

Afsuski, 30-daqiqada raqib himoyachisi Oliver Gerbig Shomurodovning o‘ng oyog‘iga jiddiy zarba berdi. Eldor darrov maydonni tark etish o‘rniga o‘yinni davom ettirishni ma’qul ko‘rdi. Uni tanaffusda alishtirishdi. Endi uning holatini baholash talab etiladi. Chunki gap uning bir necha oy muqaddam operatsiya qilingan oyog‘i haqida ketmoqda.

IGNATSIO KADDЕO, calciocasteddu.it eksperti:
“Kalyari” hujumchisi Eldor Shomurodov bir necha kun avval Gonkong darvozasiga gol urgan edi va bu gal ham shu raqib bilan o‘yinda hisobni ochdi. Bu uchrashuv 2026 yili Amerikada bo‘ladigan jahon chempionatiga chiqish yo‘lida o‘tkazildi.

Toshkentdagi o‘yinda “Kalyari” Eldor Shomurodovning oyog‘iga zarba berishdi va hujumchi ikkinchi bo‘lim oldidan o‘rnini Oston O‘runovga bo‘shatib berdi. Bu Klaudio Ranerini o‘ylantirib qo‘yishi tabiiy. Chunki jamoani oldinda A Seriyada qolish uchun muhim o‘yinlar kutib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov milliy terma jamoamiz safidagi 40-golini nishonlab, xalqaro miqyosda eng ko‘p gol urgan o‘zbek futbolchisi sifatida o‘z rekordini yana yangiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Italiyaliklar Shomurodovdan xavotirda!