O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatiga chiqish uchun Osiyo mintaqasida o‘tkazilayotgan saralash turnirining ikkinchi bosqichida “Ye” guruhida Gonkong futbolchilariga qarshi ikkita o‘yinda 2:0 va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Ushbu bahslarda Eldor Shomurodov bittadan gol urib, xalqaro miqyosda kiritgan to‘plari sonini 40 taga yetkazib, o‘z rekordini yana yangiladi.
Biroq Toshkentdagi ikkinchi bahsda 28 yoshli forvard ancha erta zaxiraga olindi. Bunga birinchi bo‘lim o‘rtalarida raqib himoyachisi Eldorning yaqinda operatsiya qilingan oyog‘iga qattiq zarba bergani sabab bo‘ldi.
Bu holat A Seriyada qolish uchun kurashayotgan “Kalyari” mutasaddilari va murabbiylar shtabini ham jiddiy xavotirga solib qo‘ydi. Chunki Eldor Shomurodov yuqori sport formasini tiklab, jamoaga katta foyda keltira boshlagan edi. Oldindagi muhim uchrashuvlarda Klaudio Raneri o‘zbek legioneriga suyanishni rejalashtirayotgan edi.
Shomurodov Sardiniyaga yetib borgunicha, klub vakillari bilan bog‘lanib, o‘zini yaxshi his qilayotganini bildirgan.
Nihoyat, hamyurtimiz “Kalyari” ixtiyoriga yetib bordi. Italiya matbuoti Shomurodovning ahvoli haqida yoza boshladi.
- La Nuova Sardegna gazetasi bugungi sonida “Kaoyari” bosh murabbiyi Klaudio Raneri uchun juda qimmatli ma’lumotni chop etdi. 28 yoshli hujumchi Eldor Shomurodovning ahvoli qoniqarli. Raqib zarbasi futbolchining operatsiya qilingan oyog‘iga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa-da, jiddiy shikast yetkazadigan darajada bo‘lmagan.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Shomurodov ayni paytda kichik jarohatidan qutilib, tayyorgarlik borasida jamoadoshlariga yetib olishga harakat qilmoqda. Agar favqulodda kutilmagan holat kelib chiqmasa, Shomurodov “Verona”ga qarshi o‘yinda qatnashishi kutilyapti, - deb ma’lumot tarqatdi nufuzli manbalardan biri cagliarinews24.com sayti eksperti Eliya Serra.
Bu kabi ma’lumotlarni boshqa manbalar ham tarqatmoqda.
- “Kalyari” tez orada “Verona”ga qarshi bo‘ladigan uchrashuvdan oldin o‘z terma jamoalari oldidagi burchlarini bajarib, klub ixtiyoriga qaytgan o‘yinchilar bilan birgalikda mashg‘ulot o‘tkazdi.
Dushanba kuniga belgilangan o‘yinga tayyorgarlik Assemini bazasida tashkil etilgan. Futbolchilar Klaudio Raneri va uning qo‘l ostidagi murabbiylar nazoratida texnik va taktik tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tadi. Mashg‘ulotlarni trenajyor zalidagi mashqlar yakunlab berdi.
Jarohatidan qutilgan Antuan Makumbu va Gaetano Oristanio, terma jamoalardan qaytgan Pantelis Xatsidiakos, Naitan Nandes, Matteo Prati, Adam Obert va o‘ng oyog‘iga biroz shikast yetgan Eldor Shomurodov ham guruh mashg‘ulotlarida qatnashdi. Yerri Mina alohida kuzatuv ostida shug‘ullanmoqda. Mashg‘ulotlar yana davom ettiriladi, - deb yozdi tuttomercatoweb.com sayti jurnalisti Simona Bernabei.
“Kalyari” va “Verona” uchrashuvi 1 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”