08:35 / 29.03.2024
368

Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video)

Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video)
29 mart tongida AQSHning Michigan shtati, Detroyt shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgan edi.

DAZN tomonidan o‘tkazilayotgan ushbu oqshomning ikkinchi asosiy jangida super yengil vazn toifasida IBA kamari uchun sobiq da’vogar Shohjahon Ergashev Xuan Xuertasga qarshi ringga chiqdi.

Ushbu jangda Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raundning o‘zida nokautga uchratishga erishdi.

Xuan Xuertas faoliyati davomida 22 ta jang o‘tkazib, 17 g‘alaba, 4 mag‘lubiyat va 1 ta durang qayd etgan edi. G‘alabalarining 13 tasida raqiblarini muddatidan oldin taslim etgan.

U bugun Shohjahon Ergashevdan faoliyatidagi beshinchi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.

Shohjahon Ergashev, Xuan Xuertas, nokautga uchratdi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video)