
"Paxtakor" bosh murabbiyi va Ukraina chempionati tarixidagi eng yaxshi to‘purar Maksim Shatskix mamlakat terma jamoasining Islandiya ustidan qozongan g‘alabasidan so‘ng saytimizga kichik intervyu berdi.
- Ukraina terma jamoasi iroda namoyish etib, Islandiyani mag‘lub etdi va Yevro-2024 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. O‘yin haqidagi fikrlaringiz bilan bo‘lishsangiz...
- O‘yin menga yoqdi. Ikki terma jamoa ham yaxshi futbol namoyish etdi. Tezkor futbol guvohi bo‘ldik. Islandiya terma jamoasi ko‘proq himoyalanishini kutgan edim, ammo bunday bo‘lmadi. Ukraina esa ko‘proq to‘pga egalik qilishni istaydi. Yaratganga shukur, yakun muvaffaqiyatli bo‘ldi. Ukraina bosim qildi va bahs so‘ngida irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. To‘g‘ri, Ukraina terma jamoasi ko‘p vaziyatlar yaratmagan bo‘lishi mumkin, ammo bunday uchrashuvlarda xato qiymati juda baland. Kichik xato sababli Yevropa chempionatidan quruq qolish mumkin.
- Ukraina terma jamoasi Yevro-2020da chorak finalga qadar yetib borgandi va o‘z o‘yini bilan neytral muxlislar qalbidan joy olgandi. Yangi tarkib Yevro-2024da ham ushbu natijani takrorlay oladimi? Nima deb o‘ylaysiz?
- Bu savolga hech kim aniq javob bera olmasa kerak. Turnir davomida bilib olamiz. Hozirgi tarkib bilan uzoqroq borishimiz kerak. Chorak final bosqichiga qadar yetib borish – uddalasa bo‘ladigan vazifa. Individual mahoratli futbolchilar tarkibda ko‘p. Qanday natija qayd etilishini turnir davomida bilib olamiz va albatta muxlislik qilamiz. Ukraina Yevro-2024 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi va dastlabki missiyani bajardi, endi esa keyingi maqsadlarga erishish kerak.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina terma jamoasi Yevro-2024da Belgiya, Slovakiya va Ruminiya terma jamoalari bilan bir guruhdan joy oldi.

Ukraina Terma JamoasiYevro-2024Maksim ShatskixIslandiya UstidanG‘alaba QozonishFutbol O‘yini O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar