184
Ivan Boshkovich: "Chempionatimiz shunday, zaif jamoaning o‘zi yo‘q. Barcha istalgan raqibini yutishi mumkin"
O‘zbekiston Superligasi 4-tur doirasidagi "Paxtakor" — "So‘g‘diyona" (2:3) o‘yinidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"O‘yin juda qiziqarli o‘tdi. Beshta gol va ko‘plab vaziyatlar sodir etildi. Uzoq kutilgan g‘alabaga erishdik. Jamoam va futbolchilarimga ishonaman, ular bugun yaxshi harakat qilishdi. Yigitlar o‘yin davomida taktik jihatdan o‘zgarishlar qilgan holda yaxshi to‘p tepishdi va goldan so‘ng o‘zlariga kelgan holda xarakter ko‘rsatishdi. Raqib bizga eng yaxshi o‘ynimizni namoyish etishga imkon bermadi, ammo g‘alabaga erisha oldik", — deya so‘z boshladi Boshkovich.
— Jamoaga joriy mavsumda stabillik yetishmayapti...
— Qanday nostabillik haqida gapiryapsiz? Biz bittagina o‘yinda Superliga yetakchisiga 1-2 hisobida mag‘lubiyatga uchradik. Nostabillik ko‘rmayapman. O‘yinni kuchaytirishimiz kerak, natijaning o‘zi keladi.
— Bugun jamoangizning ikki qanoti juda faol o‘ynadi. Bu "Paxtakor"ga qarshi o‘yinga qo‘yilgan taktikami yoki har bir bahsda shunday holatni ko‘ramizmi?
— Taktika boshqa, o‘yinchilar sifati boshqa. Doriyev va Yovovichlar juda kuchli o‘yinchilardir, ular sifatli dribling qila olishadi va birga-bir vaziyatlarni yaxshi yakunlashadi. Umuman olganda turlicha o‘ynashga harakat qilamiz. Bundan tashqari bugun yosh o‘yinchilarni tushirdik. Masalan, Otabek Ahadov, bu uning uchun ilk o‘yin bo‘ldi. Shuningdek, Xondamir Mustafoqulov... Mavlonqulov, Sindarov, Fozilov. Ular ham Superligada o‘ynashmagan. Yosh o‘yinchilar eplashmoqda, ammo kattalar va ular o‘rtasida balans topganmiz.
— "Lokomotiv" ham "Paxtakor"ga qarshi faol o‘ynashdan qo‘rqmadi va o‘yinni yutdi. "So‘g‘diyona" bilan ham shunday bo‘ldi. Nima deb o‘ylaysiz, jamoalar "Paxtakor"ga qarshi qo‘rqmay o‘ynashni boshlashdimi yoki bu "sherlar"ning tarkibi kuchsizlangani sababmi?
— Zamonaviy futbolda kimdir ham o‘ynab, ham qo‘rqishini bilmayman. Siz buni qanday ko‘rasiz, bilmayman. Har bir jamoa raqibiga qarshi o‘yin oldidan uni tahlil qiladi va shunga mos taktika tanlaydi. Bugun men yaxshi "Paxtakor"ni ko‘rdim. Chempionatimiz shunday, zaif jamoaning o‘zi yo‘q. Barcha istalgan raqibini yutishi mumkin. Bu O‘zbekiston futboli uchun foyda. "Paxtakor"ga kelsak, ular doim O‘zbekiston chempionligi uchun da’vogar bo‘lishadi. Ularda katta muammolarni ko‘rmayapman, klubda terma jamoa futbolchilari va yosh o‘yinchilar bor. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”