12:50 / 31.03.2024
195

Sebastyan Fundora Tim Szyuni mag‘lub etib WBC va WBO chempioniga aylandi

Sebastyan Fundora Tim Szyuni mag‘lub etib WBC va WBO chempioniga aylandi
AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi muhtasham T-Mobile Arena'da navbatdagi professional boks turniri yakuniga yetdi.

Oqshomning markaziy jangi birinchi o‘rta vazn toifasida WBO yo‘nalishi chempioni, avstraliyalik Tim Szyu (24-1, 17 KO) hamda amerikalik da’vogar Sebastyan Fundora (21-1-1, 13 KO) o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. O‘n ikki raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi.

Szyudan bo‘yi deyarli ikki qarich baland bo‘lgan Fundora qonli kechgan jang yakunida hakamlarning ayri qarori bilan g‘alaba qozondi. Hakamlardan biri 116-112 hisobidagi g‘alabani Szyuga taqdim etdi. Qolgan ikki hakam esa 116-112 va 115-113 hisoblarida Fundora g‘alaba qozondi deb hisoblanadi.

Sebastyan Szyuning WBO kamaridan tashqari ushbu vaznda vakant bo‘lib turgan WBC chempionlik kamariga ham ega chiqdi.

Birinchi o‘rta vaznda WBA chempionlik kamari Isroil Madrimovga tegishli. Fundoraning keyingi raqibi aynan o‘zbekistonlik bokschi bo‘lishi ham mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sebastyan Fundora Tim Szyuni mag‘lub etib WBC va WBO chempioniga aylandi