Superliganing 4-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Surxon" (2:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
- Og‘ir o‘yin o‘tishini bilardik. O‘tgan turlardagi muvaffaqiyatsizliklar sabab bugungi o‘yinda ochko olishimiz shart edi. Shu sababdan ham bugungi uchrashuvga o‘ta jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. Ko‘rdingiz, raqib darvozasiga 2 ta gol urdik, biroq g‘alabani saqlab qola olmadik. "Navbahor" ikkinchi bo‘limda yuqoridan va uzun uzatmalar bilan xavfli hujumlar tashkil etdi.
- "Surxon"ning muvaffaqiyatsiz natijalariga sabab nima deb o‘ylaysiz?
- Hozir Yegor Krimes jarohat oldi. Shuningdek, ko‘p futbolchilar yosh ekani sabab o‘zaro tushanmovchiliklar ko‘zga tashlanayapti. Haqiqiy fakt o‘rnida aytib o‘tishim kerak, yo‘qotishlar bizga pand berayapti.
- "Surxon"ning endilikdagi maqsadlari qanday?
- Maqsadimiz hech bo‘lmaganda o‘tgan yilgi natijamizni qaytarishga qaratilgan. Bu albatta katta mehnat talab qiladi. Tinmay ishlashimiz kerak, hozir bizdagi asosiy vazifa mashg‘ulotlarda astoydil ishlab ko‘rsatayotgan o‘yinimizni kuchaytirishdan iborat.
Masofa uzoq bo‘lsa ham shuncha yo‘l bosib kelib jamoamizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”