23:07 / 01.04.2024
174

Tim Szyuning promouteri mijozi Isroil Madrimov bilan jangga tayyorligini ma’lum qildi

Tim Szyuning promouteri mijozi Isroil Madrimov bilan jangga tayyorligini ma’lum qildi
Avstraliyalik bokschi Szyuning promouteri Timning Fundoraga qarshi jangdagi mag‘lubiyatidan keyingi rejalari haqida bo‘lishdi.

Biz avstraliyalik sportchining eng jasoratli janglaridan birini ko‘rdik. U oxirida yaxshi ko‘ra olmagan bo‘lsa-da, kuchli raqibga qarshi 10 raund jang qildi. Avstraliyaliklar Timga to‘liq ishonadi. Bu uning faoliyati boshlanishi, xolos. Biz revansh jangini o‘tkazamiz va bunga doim tayyormiz.

U hech narsa yo‘qotmadi. U shunchaki g‘alaba qozonish uchun qanchalik uzoqqa borishga tayyorligini ko‘rsatdi.

Isroil Madrimov? U bilan Avstraliyada jang qilishga tayyormiz. Hozir u titulni qo‘lga kiritdi, shuning uchun jang Yevropada bo‘lishi ham mumkin. Ko‘ramiz.

Hozir esa asosiy maqsadimiz — Fundoraga qarshi revansh
”, — deydi Jorj Ross.

Foto: Sports
Eslatib o‘tamiz, Tim Szyu Sebastyan Fundoraga qarshi jangda hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lub bo‘ldi. Shu tariqa Sebastyan Szyuning WBO kamaridan tashqari ushbu vaznda vakant bo‘lib turgan WBC chempionlik kamariga ham ega chiqdi.

O‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov 8 mart oqshomida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida rossiyalik Magomed Kurbanovni 5-raundda nokautga uchratib, WBA kamarini qo‘lga kiritgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tim Szyuning promouteri mijozi Isroil Madrimov bilan jangga tayyorligini ma’lum qildi