12:23 / 04.04.2024
320

Madrimovni mashhur bokschi ringga chaqiryapti. U Isroilning chempionlik kamariga ko‘z tikdi

Madrimovni mashhur bokschi ringga chaqiryapti. U Isroilning chempionlik kamariga ko‘z tikdi
Avstraliyalik professional bokschi Tim Szyuning manfaatlarini himoya qilayotgan promouter Jorj Ruiz mijozi WBA yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rta vazn jahon chempioni Isroil Madrimov bilan jang qilmoqchi ekanini aytdi.

- Tim Szyu va biz Madrimov bilan Avstraliyada jang qilishni istaymiz. Isroil WBA chempionlik kamarini yutgani bois, u bilan Yevropada ham uchrashishga tayyormiz. Hamma narsa bo‘lishi mumkin.

Shunga qaramay, hozir asosiy maqsadimiz Sebastyan Fundora bilan revansh jangiga erishish. Agar yana boshqa variantlar bo‘lsa, muhokama qilishga tayyormiz
, - dedi Jorj Ruiz.

Tim afsonaviy bokschi, mutlaq jahon chempioni Konstantin Szyuning farzandi hisoblanadi. U professional boksdagi faoliyatini 2016 yili boshlab, ketma-ket g‘alabalarni nishonlagan. Avstraliya sharafini himoya qilayotgan 29 yashli charm qo‘lqop ustasi 24 ta jangni o‘z foydasiga hal qilgan va shulardan 17 tasini muddatidan oldin yakunlagan.

Szyu faoliyati davomida jiddiy raqiblarni mag‘lubiyatga uchratib, turli darajadagi chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritgan. Xususan, 2023 yilning 15 oktyabrida Brayan Mendosa ustidan zafar quchib, WBO jahon chempionligi kamarini o‘ziniki qildi.

30 mart kuni Tim AQSHda WBC va WBO yo‘nalishi bo‘yicha chempionlik kamarlari uchun o‘tkazilgan bellashuvda Sebastyan Fundoraga ochkolar hisobida yutqazib qo‘ydi. Bu avstraliyalik bokschining faoliyatidagi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi.

Tim Szyu asosan Avstraliyadagi janglarda ishtirok etadi. U atigi ikki marotaba professional boks markazi hisoblangan AQSHda ringga ko‘tarilgan va ulardan birida raqibiga imkoniyatni boy berdi.

Isroil Madrimov professional ringdagi faoliyatini 2028 yili boshlagan. Hamyurtimiz deyarli barcha janglarini katta ringda ko‘p g‘alaba qozongan va reytingi yuqori bo‘lgan raqiblarga qarshi o‘tkazdi.

To‘qqizta g‘alaba (6 ta nokaut) va bitta durang qayd etgan xivalik charm qo‘lqop ustasi 2024 yilning 8 mart kuni 11 jangini WBA yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionligi uchun o‘tkazdi.

Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan chempionlik jangida hamyurtimizga rossiyalik yengilmas bokschi – ketma-ket 25 ta jangda g‘olib chiqqan (13 ta nokaut) Magomed Kurbanov raqiblik qildi.

12 raund etib belgilangan to‘qnashuvning 5-raundida Isroil texnik nokaut evaziga zafar quchdi va chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Madrimovni mashhur bokschi ringga chaqiryapti. U Isroilning chempionlik kamariga ko‘z tikdi