193
Superliganing 5-turi oldidan: "Uyg‘onayotgan" "Surxon", ko‘p gol urayotgan "Andijon", g‘alaba dardidagi "Bunyodkor"...
Bugun yana chempionatning navbatdagi turiga start beriladi. Xabaringiz bo‘lsa kerak, bu safar doimgidek 7 ta emas, balki 4 ta juftlik o‘tkaziladi. “Nasaf” – “Navbahor”, “Neftchi” – “Paxtakor” va “Metallurg” – “Olimpik” o‘yinlari olimpiya terma jamoamiz yig‘ini sababli boshqa muddatlarga qoldirildi. Biz esa qolgan 4 ta juftlik borasida so‘z yuritamiz.
4 aprel
19:15. “Lokomotiv” – “Andijon”
Bugun mazkur uchrashuv bilan Superliganing 5-turi boshlanadi. Yaxshi o‘yin bo‘ladi. “Lokomotiv” ham, “Andijon” ham dastlabki 4 ta turda hali mag‘lubiyatga uchraganlari yo‘q. Ikkalasida ham ko‘rsatkichlar va ochkolar teng. Faqat to‘plar nisbati “Andijon”da yaxshiroq. “Termiryo‘lchilar” va “Burgutlar”ning bugungi kunda jangovar kayfiyatdaligi haqida aytilmoqda va bu haqiqat. Bunday to‘qnashuvda bir emas, bir nechta gol ko‘rsak ajab emas. Ayniqsa, andijonliklar gol urish bo‘yicha hozircha Superligada eng yaxshi natijaga ega bo‘lib turibdi. Shuning evaziga mazkur bahsda ham muxlislar “Burgutlar”dan gollarni kutmoqdalar.
5 aprel
19:15. “So‘g‘diyona” – “Qizilqum”
O‘tgan turda Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lubiyatga uchratib qaytgan “So‘g‘diyona”da kayfiyat va ishtiyoq kuchli. Chunki ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi va endi o‘z uyida muxlislari qarshisida to‘p suradilar. Jamoalar o‘rtasidagi ochkolar farqi 2 tani tashkil qilmoqda. Bu borada “Qizilqum” 6, “So‘g‘diyona” esa 8-pog‘onada. Mavsumni ketma-ket ikkita g‘alaba bilan boshlagan navoiyliklar keyingi ikkita turda bir durang va bir mag‘lubiyat qayd etdi. G‘alaba ularga ham kerak. Bitta gol o‘yin taqdirini hal qilish ehtimoli yuqori.
19:15. “Bunyodkor” – “Dinamo”
Yaxshi o‘yin bo‘ladi. “Bunyodkor”da qanday o‘zgarishlar bo‘lganidan xabardorsiz. Ular chempionatda hali g‘alaba qozonishgani yo‘q. “Dinamo” esa o‘tgan turda nihoyat uch ochkolik bo‘ldi. Bu bahsning o‘ziga tortadigan yana bir qiziq jihati shundaki, “Dinamo” bosh murabbiyi Vadim Abramov sobiq klubiga qarshi turadi. U “Bunyodkor”da bir necha mavsum faoliyat olib borganini ishqibozlar yaxshi eslashadi. “Bunyodkor” ilk g‘alabasi uchun, “Dinamo” esa Abramov boshchiligidagi g‘alabali yurishini davom ettirish uchun o‘ynaydi. Ikkala jamoaning o‘yini bir-biriga yaqinroq. Ular hujumkor futbolni yoqtirishadi. Demak, himoyaviy futbol ko‘rmasak kerak.
6 aprel
19:15. “Surxon” – OKMK
“Surxon” ketma-ket uchta mag‘lubiyatdan keyin Namanganda “uyg‘ondi”. “Navbahor”dek raqib maydonida termizliklar g‘alabaga juda yaqin edilar. Ammo 0:2 yakunda 2:2 ga aylanib qoldi. Natijada “Surxon” uchun mag‘lubiyatga teng durang bo‘ldi, desak balki mubolag‘a bo‘lmas. Aslida Namanganda durang yomon natija emas. Biroq o‘yindagi vaziyatdan kelib chiqsak, “Surxon” 0:2 hisobidagi g‘alabasini qo‘ldan boy berdi va bir ochko bilan kifoyalanib qoldi. “Surxon” endi o‘ziga kelganga o‘xshadi. Agar o‘sha o‘yinini OKMK bilan bahsda ham ko‘rsata olsa Fevzi Davletov jamoasida imkoniyat ko‘proq bo‘ladi. “Surxon” g‘alabasiz seriyasiga ushbu turda barham bermoqchi. Lekin raqib anoyi emas. Mirjalol Qosimov va uning jamoasi chempionatda hali yutqazgani yo‘q. Demak, jiddiy to‘qnashuv ko‘ramiz.
Shuhratbek Jo‘rayev.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Virus UFC ni dunyoga tanitdi
"Paxtakor"ning o‘yini mutaxassis nigohida: "Menimcha, g‘alaba uchun emas, bir ochkoni saqlab qolish uchun o‘ynadi"
Britaniyada 3 ta harbiy baza uzra UUA parvozi qayd etildi
Rossiya Ukrainaning qator mintaqalariga raketalar bilan hujum qildi
Shavkat Mirziyoyev: «Barcha ijro organlarini Yangi Toshkentga ko‘chiramiz»
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Asir: Ukraina askarlari otishni internetdagi videolar yordamida o‘rganishadi