21:23 / 09.04.2024
329

Kapadze Qatardagi musobaqa uchun yakuniy tarkibni e’lon qildi

Kapadze Qatardagi musobaqa uchun yakuniy tarkibni e’lon qildi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze 15 aprel – 3 may kunlari Qatarda o‘tadigan U23 Osiyo kubogi uchun 23 o‘yinchidan iborat ro‘yxatni e’lon qildi. Ushbu ro‘yxatdan quyidagi futbolchilar o‘rin olgan.

Foto: “O‘FA”
Darvozabonlar: Vladimir Nazarov (“Paxtakor”), Hamidullo Abdunabiyev (“Olimpik”), Abduvohid Ne’matov (“Nasaf”);

Himoyachilar: Muhammadqodir Hamraliyev (“Paxtakor”), Odilbek Abdumajidov (“Dinamo”), Saidazamat Mirsaidov (“Olimpik”), Mahmud Mahamadjonov (“Bunyodkor”), Alibek Davronov (“Nasaf”), Zafarmurod Abdirahmatov (“Nasaf”), Asadbek Rahimjonov (“Olimpik”), Ahmadillo Muqumjonov (“Olimpik”);

Yarim himoyachilar: Ibrohim Ibragimov (“Olimpik”), Jasurbek Jaloliddinov (“Neftchi”), Abdurauf Bo‘riyev (“Olimpik”), Umarali Rahmonaliyev (“Rubin”), Behruz Asqarov (“Paxtakor”), Diyor Xolmatov (“Paxtakor”);

Hujumchilar: Ulug‘bek Hoshimov (“Surxon”), Otabek Jo‘raqo‘ziyev (“Olimpik”), Husayn Norchayev (“Neftchi”), Ruslanbek Jiyanov (“Navbahor”), Alisher Odilov (“Olimpik”), Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (“Paxtakor”).

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining ma’lum qilishicha, hozirda legioner futbolchilarimizni musobaqaga jalb qilish borasida muzokaralar davom etmoqda. Shu bois ro‘yxat turnir yakunigacha o‘zgarishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kapadze Qatardagi musobaqa uchun yakuniy tarkibni e’lon qildi