Fransiya chempionatida yuqori o‘rinlar va Yevrokubok yo‘llanmalari uchun kurashayotgan “Lans” 12 aprelga belgilangan 29-turda “Mes” mehmoni bo‘lishi kerak.
Klub rasmiy saytida o‘zbekistonlik legioner Abduqodir Husanov o‘yin qaydnomasiga kiritilmagani va o‘rinbosarlar tarkibiga jo‘natilgani ko‘rsatilgan.
Bosh murabbiy Frank Xeyz tarkibdagi vaziyat haqida quyidagicha ma’lumot bergan bo‘lsa-da, Abduqodir Husanovning uchrashuv qaydnomasiga kiritilmagani haqida ma’lumot bermagan.
- Salis Abdul Samed velotrenajyorda shug‘ullana boshladi, yuguryapti va tiklanish jarayoni yaxshi ketmoqda. U umumiy guruh mashg‘ulotlariga dushanba kuni qo‘shiladi.
Ele Vaxi ham hafta davomida ko‘p shug‘ullana olmadi. O‘yindan oldin umumiy mashg‘ulotlarda qatnasha oladimi yoki yo‘q, buni ko‘rib chiqamiz. 100 foiz tayyor bo‘lishiga umid qilamiz. Tarkibda ayrim noaniqliklar bor, - dedi Frank Xeyz.
Fransiya futboli va “Lans” faoliyatini yoritayotgan ayrim manbalar, xususan, le11hdf.fr va lensois.com saytlari asosiy tarkib o‘yinchisi hisoblangan Abduqodir Husanov o‘rinbosarlar jamoasiga o‘tkazilgani va “Mes” bilan o‘yin qaydnomasiga kiritilmaganini yozmoqda.
- Deyver Machado jarohatidan qutilib, safga qaytdi. Salis Abdul Samed esa, shikastlangani uchun uchrashuvda qatnasha olmaydi.
Abduqodir Husanov ham o‘yinni aniq o‘tkazib yuboradi. U shanba kuni o‘rinbosarlar tarkibidagi mashg‘ulotlarda qatnashishi belgilangan, - deb ma’lumot tarqatdi lensois.com sayti jurnalisti Eloiza De Mester.
Aslida Abduqodir Husanovning asosiy tarkibdan chiqarilishiga va qaydnomaga kiritilmasligiga hech qanday asos yo‘q. Biroq, “Lans” rahbariyati O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi iltimosiga ko‘ra, Husanovni Qatarda bo‘ladigan 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogida ishtirok etish uchun O‘zbekiston terma jamoasi ixtiyoriga qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgani haqida ma’lumotlar chiqa boshladi.
Hozircha bu xabarlar rasman tasdiqlanishi kutilyapti.
Eslatib o‘tamiz, Qatardagi Osiyo kubogi FIFA kunlaridan tashqarida tashkil etilayotgani bois, “Lans”, SSKA va “Al-Vahda” mos ravishda Abduqodir Husanov, Abbosbek Fayzullayev va Hojimat Erkinovni yoshlar terma jamoasi ixtiyoriga qo‘yib yubormagani, biroq mutasaddilar bu klublar bilan muzokaralar o‘tkazayotgani ma’lum qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gavining qilig‘i Flikka yoqmadi: “Aql o‘rgatishni senga kim qo‘yibdi?”
Qashqadaryoda erkak ayoli va chaqalog‘ini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi
27 noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot
Bayden hozircha Ukrainani NATOga taklif etishga chaqirmaslikka qaror qildi
Oq uy Ukrainaga Rossiya hududiga ATACMS raketalarini qo‘llashga ruxsat berganini tasdiqladi
Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin murabbiy futbolchilarni qamab qo‘ydi
AQSHda amaldorlar Tramp tufayli ommaviy ravishda xususiy sektorga ketib qolmoqda
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi lavozimiga saylandi