23:35 / 13.04.2024
377

RPL. 6 ta gol urilgan "Moskva Derbisi"da g‘olib aniqlanmadi, Fayzullayevdan assist!

RPL. 6 ta gol urilgan "Moskva Derbisi"da g‘olib aniqlanmadi, Fayzullayevdan assist!
Rossiya Premer ligasi 23-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - SSKA bahsi bo‘lib o‘tdi va unda 3:3 hisobidagi durang qayd etildi.

Abbosbek Fayzullayev uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. Legionerimiz deyarli barcha golda qatnashdi: Tamerlan Musayevning goliga assistentlik qildi, Anton Zabalotniyning golida aynan Abbosning zarbasidan so‘ng to‘p sherigiga kelib tushdi. Uchinchi golda ham burchak zarbasini aynan o‘zbekistonlik futbolchi ijro etdi.

Shu tariqa, "armiyachilar" kambek amalga oshirdi.

"Lokomotiv" — SSKA 3:3
Gollar
: 1:0 – 44 Samoshnikov, 1:1 – 53 Musayev, 2:1 – 56 Glushenkov, 3:1 – 65 Fasson, 3:2 – 79 Zabolotniy, 3:3 – 86 Agapov.
"Lokomotiv": Lantratov, Nenaxov, Morozov, Fasson, Silyanov, Samoshnikov, Miranchuk (Dzyuba, 75), Barinov, Karpukas (Mitay, 82), Glushenkov (Jemaletdinov, 82), Pinyayev (Tiknizyan, 75).
SSKA: Akinfeyev, Xelven (Zabolotniy, 78), Moyzes, Agapov, Zdelar, Gayich, Oblyakov, Mendes, Fayzullayev, Davila (Chalov, 54), Musayev.
Ogohlantirish: Glushenkov (24), Mitay (90+4).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » RPL. 6 ta gol urilgan "Moskva Derbisi"da g‘olib aniqlanmadi, Fayzullayevdan assist!