Abduqodir Husanov “Lans”ning asosiy jamoasidan yoshlar tarkibiga o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik. Klub rahbariyati tomonidan legionerimizga alohida vazifa yuklatilgan.
“Lans В” jamoasi Fransiya chempionatining 3-milliy divizioni “G” guruhida g‘olib chiqib, bir pog‘ona yuqoridagi ligaga o‘tishga da’vogarlik qilmoqda.
Hozircha, lansliklar musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Kelasi hafta oxirida jamoa o‘zidan uch ochko ilgarilab ketgan “Shantiyi” bilan kuch sinashishi lozim.
Abduqodir Husanov mavsum oxiridagi beshta uchrashuvda himoya mustahkamligini ushlab turishi va jamoa o‘z darvozasini daxlsiz saqlab qolishiga yordam berish vazifasi yuklatilgan.
20 yoshli futbolchimiz bir necha kun yoshlar jamoasida shug‘ullanganidan keyin rasmiy uchrashuvda ham maydonga tushdi.
Lansliklar o‘z maydonida “Sent-Aman” jamoasini qabul qilib, raqib darvozasiga javobsiz uchta to‘p kiritdi.
Uchrashuvni kuzatib borgan lensois.com sayti eksperti Eloiza De Mester legionerimiz o‘yiniga quyidagicha baho berdi.
“Lans” futbolchilari “Sent-Aman” o‘yinchilarini Yannik Pandor qo‘riqlayotgan darvozaga ko‘p ham yaqinlashtirmadi. Abduqodir Husanov himoyaning o‘ng qanotidan joy oldi va uchrashuvni juda xotirjam o‘tkazdi.
O‘zbek legioneri o‘ynagan tomondan hujumga o‘tishga intilgan raqib futbolchilari devorga urilgandek bo‘ldi. Abduqodir himoyani juda mustahkam ushladi, bir necha bor oldinga o‘tib, hujumga ham qo‘shildi.
Yosh o‘zbek futbolchisi hisobiga yana 90 daqiqalik o‘yinni qo‘shib qo‘ysak bo‘ladi, - deb yozdi lensois.com sayti eksperti Eloiza De Mester.
“Lans В”ni 20 aprel kuni o‘ta muhim uchrashuv kutib turibdi. Lansliklar shu kuni musobaqa jadvalida peshqadamlik qilayotgan “Shantiyi” jamoasi mehmoni bo‘ladi. Bu bahsda “Lans В” oradagi uch ochkolik farqni yo‘qqa chiqarishga harakat qiladi. Jamoa murabbiylari aynan mana shu uchrashuvda Husanovga suyanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi