11:41 / 14.04.2024
84

UFC 300. Aleks Pereyra 1-raundda Jamal Hillni nokautga uchratdi. Boshqa janglar qanday yakunlandi?

UFC 300. Aleks Pereyra 1-raundda Jamal Hillni nokautga uchratdi. Boshqa janglar qanday yakunlandi?
Las Vegasda 14 aprel tongida UFC 300 turniri bo‘lib o‘tdi.

Turnirning asosiy jangi yarim yengil vazn toifasidagi chempionlik uchun Aleks Preyra va Jamal Hill o‘rtasida kechdi. Pereyra birinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratdi.

Pereyra 2023 yilning noyabr oyida Irji Proxazkani texnik nokaut evaziga mag‘lub etgandi.

Hill esa Pereyraga qadar kamar egasi edi. 2023 yil yanvar oyida Jamal Glover Teysherani mag‘lub etib, kamarga ega chiqqandi. Biroq birorta himoya jangi o‘tkazmasdan, jarohat tufayli kamarni vakant qoldirgandi.

Minimal vazn toifasidagi kamar jangida Veyli Chjan va Yan Syaonan o‘zaro to‘qnash keldi. Jang yakunida hakamlar qaroriga ko‘ra Veyli g‘alaba qozondi va kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi: 49-45, 49-45, 49-45.

Chjan 4 ta jangdan buyon mag‘lub bo‘lmayapti va 2 marta kamarini himoya qildi. Eslatib o‘tamiz Veyli 2022 yil noyabr oyida Karla Esparzuni mag‘lub etib, minimal vazn toifasida kamar sohibasiga aylangandi.

Turnirning boshqa janglari natijalari:
- Jastin Getji (25-5) BMF tituli uchun jangda 5-raundning so‘nggi soniyalarida Maks Holloueyga (26-7) yutqazib qo‘ydi;
- Charlz Oliveyra (34-10) hakamlar qaroriga ko‘ra Arman Sarukyanga (22-3) yutqazdi;
- Bo Nikal (6-0) 2-raundda Kodi Brandeyjni (10-6) bo‘g‘ish usulida mag‘lub etdi;
- Irji Proxazka (30-4-1) 2-raundda texnik nokaut evaziga Aleksandr Rakichni (14-4) mag‘lubiyatga uchratdi;
- Kelvin Kattar (23-8) hakamlar qaroriga ko‘ra Aljameyn Sterlingga (24-4) mag‘lub bo‘ldi;
- Kayle Harrison (17-1) 2-raundda Xolli Xolmni (15-7) yengdi;
- Diyego Lopes (24-6) 1-raundda texnik nokaut evaziga Sodik Yusufni (13-4) mag‘lub etdi;
- Renato Moykano (19-5-1) 2-raundda texnik nokaut evaziga Jalin Ternerdan (14-8) ustun keldi;
- Jessika Andrade (26-12) hakamlar qaroriga ko‘ra Marina Rodrigesni mag‘lub etdi;
- Bobbi Grin (32-15-1) ochkolar evaziga Jim Millerdan (37-18) ustun keldi;
- Deyvison Figeyredo (23-3-1) 2-raundda Kodi Garbrandtni (14-6) mag‘lubiyatga uchratdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » UFC 300. Aleks Pereyra 1-raundda Jamal Hillni nokautga uchratdi. Boshqa janglar qanday yakunlandi?