
Futzal bo‘yicha Tailandda o‘tayotgan Osiyo kubogi guruh bosqich 1-tur uchrashuvlari davom etmoqda. Bugun kun doirasida uchta uchrashuv yakuniga yetdi.
Dastlab, qo‘shnilarimiz Tojikiston terma jamoasi Janubiy Koreyani 2:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, ikkinchi bahs Eron va Afg‘oniston futzalchilari o‘rtasida kechdi va unda forslar 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Yana bir to‘qnashuvda Qirg‘iz Respublikasi kutilmaganda Yaponiyadan 3:2 hisobida ustun keldi.
Birinchi turni yakunlab beruvchi o‘yin Quvayt va Bahrayn terma jamoalari o‘rtasida kechadi. Uchrashuv starti 19:00 ga belgilangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar