180
Jasur Jaloliddinov: "Olimpiada yo‘llanmasi beriladigan musobaqada qanday holatda bo‘lishimizga qaramay, natija ko‘rsatishimiz kerak"
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi sardori Jasur Jaloliddinov OTJning bugungi mashg‘ulotlarida saytimizga kichik intervyu berdi.
- O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo kubogidagi o‘z yurishini boshladi va dastlabki raqibni mag‘lub etdi. Kechagi bo‘lib o‘tgan bahs haqidagi fikrlaringiz?
- Birinchi o‘yinni g‘alaba bilan boshladik, lekin biroz qiyin bo‘ldi. Uch ochkoni qo‘lga kiritdik, endi esa yurishimizni davom ettiramiz keyingi raqibga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak.
- Guruhimizdagi raqiblar Vetnam va Quvayt terma jamoalari haqida nimalar deya olasiz? Pley-offning dastlabki bosqichida esa katta ehtimol bilan Saudiya Arabistoni va Iroq kabi kuchli terma jamoalarga to‘qnash kelishimiz mumkin?
- Guruhimizdagi barcha jamoalarning o‘yinini tahlil qilib o‘rganib chiqdik. Raqiblarimizni kuchsiz jamoalar deb hisoblamayman. Osiyo kubogida kuchsiz jamoalar yo‘q.
- Musobaqaning favoritlari kim deb o‘ylaysiz? Qaysi terma jamoa O‘zbekistonga muammo to‘g‘dirishi mumkin?
- Favorit va kuchli jamoa degan tushunchalar faqat gapda, amalda esa umuman boshqacha bo‘lishi mumkin. Kattalar o‘rtasidagi Osiyo Kubogida bunga guvoh bo‘ldik. Favorit deya ko‘rilgan top jamoalar chempion bo‘la olmadi.
- Shu sababli barcha savollarga maydonda javob berish va hammasini maydonda isbotlash kerak.
- O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi guruh bosqichida har uch kunda o‘yin o‘tkazadi. Zich taqvim jismoniy holatga qanchalik ta’sir qilishi mumkin?
- Bundan oldingi Osiyo kubogi va Osiyo o‘yinlarida ham bunday taqvimda o‘ynadik. Bunday sharoitlarga tayyormiz deb o‘ylayman. Olimpiyada yo‘llanmasi beriladigan musobaqada qanday holatda bo‘lishimizga qaramay natija ko‘rsatishimiz kerak. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi