Boks bo‘yicha WBA kamari sohibi Isroil Madrimov navbatdagi jangini mutlaq chempion Terens Kroufordga qarshi o‘tkazishi mumkin. Bu haqida professional boks federatsiyasi ma’lum qildi.
-66,7 kg vazn toifasida WBC, WBA va WBO kamarlari sohibi Krouford bitta yuqori vazn -69,9 kg vaznda WBA kamari egasi, o‘zbekistonlik Isroil Madrimov o‘rtasida jang tashkil etilishi kutilmoqda. Ushbu katta jang 3 avgust kuni Los-Anjelesda o‘tkazilishi mumkin.
Boks oqshomi Saudiya Arabistoni Qirollik kanselyariyasi maslahatchisi, Saudiya ko‘ngilochar bosh boshqarmasi raisi Turki Al ash-Shayh tomonidan o‘tkaziladigan debyut turnir bo‘ladi. Shuningdek, Matchroom Boxing hamkorligida o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, Isroil Madrimov 8 mart oqshomida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida rossiyalik Magomed Kurbanovni 5-raundda nokautga uchratib, WBA kamarini qo‘lga kiritgandi.
Tenrens Krouford esa 2023 yilning iyul oyida Errol Spensni mag‘lub etib, IBF, WBA Super, WBC va WBO kamarlarini o‘ziniki qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi