215
Iborohimhalil Yo‘ldoshev: "Janubiy Koreya va Yaponiya terma jamoalari Osiyo kubogida favorit"
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi va "Qayrat" klubi futbolchisi Ibrohimhalil Yo‘ldoshev saytimizga intervyu berdi.
- O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo kubogidagi yurishini boshladi. Ushbu musobaqa va dastlabki raqib haqida gapirib o‘tsangiz?
- Olimpiyachilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi har doim juda qiziqarli va kurashlarga boy bo‘lgan musobaqa. O‘zbekiston ham ushbu musobaqada ancha muffavaqiyatli tarzda qatnashib kelgan. Oltin va kumush medallirini qo‘lga kiritganmiz. Kechagi uchrashuv haqida gapiradigan bo‘lsam, Malayziyaga qarshi biroz qiynaldik. O‘zi birinchi uchrashuvlar har doim qiyin va ma’sulyatli bo‘ladi. Malayzi terma jamoasi ham ancha yaxshi jamoa ekanligini isbotladi. Ular to‘pni yaxshi nazorat qilishdi. Biz bundan ham yaxshiroq o‘ynay olamiz. Keyingi uchrashuvlarda buni isbotlashimiz kerak.
- Olimpiya terma jamoalari orasida qaysi jamoani kuchli deya e’tirof eta olasiz va qaysi jamoa vakillarini musobaqa favoriti deya ko‘rsata olasiz?
- Mening fikrimcha, Yaponiya va Janubiy Koreya terma jamoalari musobaqa favoriti va Osiyo mintaqasida eng kuchlilardan biri. O‘zbekiston terma jamoasini ham favorit deya olaman. O‘tgan yili o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida aynan shu uch terma jamoa medallarni qo‘lga kiritgandi. Musobaqa endi boshlandi, birinchi turning o‘zidayoq qaysidir terma jamoani yaqqol favorit sifatida ko‘rsatish qiyin.
- Yangi mavsumda jamoangizni o‘zgartirdingiz va Qozog‘istonning eng kuchli jamoalaridan biri "Qayrat" klubida o‘ynamoqdasiz. Yangi jamoangizga ko‘nikish jarayoni qanday kechmoqda? "Qayrat" jamoasining maqsad va rejalari qanday? "Qayrat" hozirgi kunda Qozog‘iston milliy chempionatida peshqadamlik qilmoqda va hali mag‘lubiyatga uchragani yo‘q?
- Jamoaga yaxshi qo‘shildim deb o‘ylayman. Jamoa o‘zimga juda yoqdi. Jamoadoshlarim ham iliq kutib olishdi. Bosh murabbiyga ham minnatdorchilik bildiraman, sababi u menga ishondi va ko‘p imkoniyat bermoqda. Eski jamoamda so‘ngi olti oy davomida o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmaganimga qaramay barcha uchrashuvlarda asosiy tarkibda o‘ynayapman. Qozog‘iston chempionati ham yetarlicha kuchli ekan. "Ordabasi", "Astana", "Qayrat" va "Aktobe" kabi jamoalar mahalliy chempionatning eng kuchli klublari hisoblanishadi.
- Qozog‘iston chempionati eng qizigan pallasiga kirmoqda, ammo shunga qaramay siz klubingizdan ruxsat oldingiz va olimpiya terma jamoasi ixtiyoriga yetib keldingiz. "Qayrat" jamoasidan ruxsat olish qanchalik qiyin bo‘ldi?
- Klubimdan ruxsat olish juda qiyin kechdi. Osiyo kubogi FIFA kunlarida o‘tkazilmayotgani sabab, muammolarga duch keldik. "Qayrat" meni qo‘yib yuborish niyatida emas ekanligini oldindan aytdi. Lekin O‘FA ikki-uch marotaba muzokara o‘tkazdi va rad javobini oldi. Biroq O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi oxirigacha harakat qildi va yakunda kelishuvga erishildi. Shu sabab terma jamoa ixtiyoriga kelib qo‘shildi. Asosiy tarkibda o‘ynayotganim tufayli bosh murabbiy ham Osiyo kubogiga borishimga qarshi edi, ammo O‘FA kelishuvga erisha oldi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi