Shu kunlarda Qatarda 23 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida Osiyo kubogi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Temur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi ham ishtirok etmoqda. Vakillarimiz hozircha musoba guruh bosqich doirasidagi birinchi o‘yinni o‘tkazdi.
Musobaqa starti uchun berilgan yakuniy qaydnomaga Abbosbek Fayzullayev, Umarali Rahmonaliyev, Hojimat Erkinov, Abduqodir Husanov hamda Ibrohimhalil Yo‘ldoshev kabi xorijda to‘p tepayotgan legionerlairimiz kiritildi.
Qozonning "Rubin" klubida harakat qilayotgan Umarali Rahmonaliyev Toshkentdagi yig‘indan boshlab, termamiz tarkibida. Qozog‘istonning "Qayrat" klubi a’zosiga aylangan Yo‘ldoshev ham termamiz ixtiyoriga kelib qo‘shildi va hatto Malayziyaga qarshi uchrashuvda maydonga ham tushdi.
O‘FA 16 mart kuni Xojimat Erkinovning Osiyo kubogida ishtirok etishi borasida kelishuvga erishgani va futbolchimiz yaqin vaqt ichida terma jamoa ixtiyoriga yetib kelishi kutilayotgani haqida xabar bergan edi.
"Lans" himoyachisi Abduqodir Husanov ham ertaga bo‘lib o‘tadigan "Klermon"ga qarshi bellashuv qaydnomasiga kiritildi. Husanov ham katta ehtimol bilan pley-off bosqichidan avval Qatarga boradi.
Bundan tashqari, o‘yinlari bilan SSKAni "yondirayotgan" Fayzullayevni muxlislar va albatta murabbiylar kutmoqda. Vanihoyat uning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi.
25 aprel kuni "VЕB Arena"da SSKA va "Spartak" o‘rtasidagi poytaxt derbisi bo‘lib o‘tadi.
SSKAning bilan aloqalar bo‘yicha direktori Kirill Breydoning ma’lum qilishicha, RPLning 21-turidan o‘rin olgan "Spartak"ga qarshi qoldirilgan o‘yindan so‘ng klub yarim himoyachi Abbosbek Fayzullayevni O‘zbekiston U23 terma jamoasiga qo‘yib yuboradi.
Shu tariqa, Fayzullayev "Baltika" bilan RPLning 26-tur uchrashuvini (28 aprel) va “Zenit” bilan Rossiya kubogi finalining birinchi o‘yinini (30 aprel) o‘tkazib yuboradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi