16:08 / 20.04.2024
205

Erta tongda jang: Bektemir Meliqo‘ziyev raqibidan og‘irroq tosh bosdi

Erta tongda jang: Bektemir Meliqo‘ziyev raqibidan og‘irroq tosh bosdi
Professional bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev (13-1, 10KO) O‘zbekiston vaqti bilan 21 aprel tongida o‘zining 15-jangini o‘tkazadi.

Ikkinchi o‘rta vazn toifasida WBA Inter-Continental kamari sohibi bo‘lgan Bektemir o‘sha kuni fransiyalik Per Yuber Dibombega (22-0-1, 12KO) qarshi ringga ko‘tariladi. Bo‘lajak jangda Meliqo‘ziyev o‘ziga tegishli kamarni himoya qiladi.

Jang oldidan bokschilar vazn o‘lchash marosimida ishtirok etdi:
  • Bektemir Meliqo‘ziyev — 76,11 kg (167,8 funt)
  • Per Dibombe — 75,57 kg ( 166,6 funt)

Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan katta boks oqshomining asosiy jangi birinchi yarim o‘rta vazn toifasi chempionligi uchun Devin Heyni hamda Rayan Garsiya o‘rtasida kechadi.

Ma’lumot uchun, Bektemir shu kungacha professional boksda 14 ta jang o‘tkazib, ularning 13 tasida g‘alaba qozongan. Meliqo‘ziyev hisobida bitta mag‘lubiyat bor.

Uning raqibi Yuber esa 23 ta jang o‘tkazib, ularning 22 tasida g‘alabaga erishgan. Dibombe ham Bektemir Meliqo‘ziyev singari bir marotaba mag‘lub bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Erta tongda jang: Bektemir Meliqo‘ziyev raqibidan og‘irroq tosh bosdi