“Lans” Abduqodir Husanovga U-23 Osiyo Kubogida ishtirok etishga ruxsat berdi

“Lans” Abduqodir Husanovga U-23 Osiyo Kubogida ishtirok etishga ruxsat berdi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Qatardagi U-23 Osiyo Kubogida ishtirok etadigan bo‘ldi.

Fransiyaning “Lans” klubi himoyachi Abduqodir Husanovni terma jamoa ixtiyoriga qo‘yib yuborishga rozi bo‘ldi.

Futbolchi “Lans”ning “Klermon”ga qarshi o‘yinidan keyin Qatarga yo‘l oldi va Vyetnam bilan uchrashuvga qadar terma jamoa ixtiyorida bo‘ladi.

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi D guruhida 6 ochko jamg‘argan holda pley-off masalasini hal qildi. So‘nggi o‘yinda Timur Kapadze shogirdlari Kuvayt darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar