132
Samvel Babayan: "Har bir o‘yin bizga oldindagi uchrashuvlarga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi"
O‘zbekiston kubogining 2-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Andijon" (2:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
- Birinchi navbatda "Navbahor" muxlislarini g‘alaba bilan tabriklayman. Qiyin o‘yin bo‘ldi, shunga qaramay natijani o‘z foydamizga hal qila oldik. Uchrashuvdagi har bir vaziyatni sinchiklab kuzatib borgan muxlislar guvoh bo‘lishdi, bugun yigitlar g‘alaba ishtiyoqi bilan yonib o‘ynashdi. Albatta chiroyli o‘yin va jamoaviy xarakter uchun futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman. 90 daqiqa davomida xotirjamlikni saqladik, o‘yinni nazorat qilishga intildik.
- "Navbahor" keyingi bosqich masalasini birinchi o‘rin bilan hal qildi. "Dinamo" bilan o‘yinda yoshlar tarkibidan foydalanish maqsadingiz bormi?
- Navbatdagi bosqich masalasini hal qildik, bu to‘g‘ri. Biroq har bir o‘yin biz uchun keyingi uchrashuvlarga tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi. Rotatsiyalar qilamiz, bunda o‘yin amaliyoti kam futbolchilarning imkoniyatlarini chamalab olamiz. Biroq bu degani "Dinamo" bilan o‘yinda asosiy tarkib o‘ynamaydi degani emas. Shu o‘yinda qanday o‘ynasak, navbatda boshlanadigan Superliga uchrashuvlariga uslubni tanlab olamiz. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi