SSKA yetakchisi Abbosbek Fayzullayevning Rossiya Premer-ligasining avvalgi turida “Axmat”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda mavsumdagi to‘rtinchi sariq kartochkani olib, “Spartak” bilan bo‘ladigan derbidan oldin diskvalifikatsiyaga uchragani ko‘p muhokama qilinmoqda.
Ayniqsa, o‘sha bahs oldidan SSKA rahbariyati Abbosbek Fayzullayevni “Spartak” bilan bo‘lajak o‘yindan keyin Qatar mezbonlik qilayotgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kubogida qatnashayotgan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi ixtiyoriga qo‘yib yuborishga rozilik bergani vaziyatni chigallashtirib yubordi.
Muxlislardan ayrimlari Fayzullayev terma jamoa safiga tezroq qo‘shilish uchun atay sariq kartochka oldi, degan taxminni ham bildirmoqda. Bu vaziyatga SSKA klubi kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Kirill Breydo ham munosabat bildirdi.
- Fayzullayev hamma uni to‘rtinchi sariq kartochkani atayin olganlikda ayblashini yaxshi tushunib turibdi. Akinfeyev kiyim almashtirish xonasida Abbosga tanbeh berdi.
Bunday og‘ir vaziyatda nima qilish kerak? Bor e’tiborini o‘z mamlakati olimpiya terma jamoasi o‘yinlariga qaratib, u yerdan umuman boshqacha hissiyotlar bilan safga qaytishi kerak, - dedi Kirill Breydo.
SSKAning sobiq futbolchisi Aleksandr Grishin o‘zbek legionerining tarafini olib chiqdi.
- Hozir ko‘pchilik Abbosni derbida qatnashish imkoniyatidan ayirgan ogohlantirishni atayin olganlikda ayblayapti. Men futbol o‘ynaganman va futbolchi ataylab bunaqa qilmaganini juda yaxshi bilaman. Bunga ishoning.
Abbos raqibning ortidan yugurdi va futbolkasidan tortgani bu oddiy o‘yindagi vaziyat xolos. Fayzullayev buni atayin qilgani yo‘q, balki u o‘sha paytda “Spartak” bilan bo‘ladigan uchrashuvini o‘tkazib yuborishini o‘ylamagandir ham. Abbos tarafidaman. Uning o‘zi “Spartak” bilan bo‘ladigan derbini o‘tkazib yuborishni istamagan bo‘lardi.
Hozir u O‘zbekiston terma jamoasiga yo‘l oldi. Bundan ayrimlar norozi, lekin u bu yerda kuzatuvchi bo‘lib o‘tiravermaydi-ku. U ketib to‘g‘ri qildi, bu mantiqan ham to‘g‘ri bo‘ldi.
Muxlislar uning derbida zahirada bo‘lsa ham o‘tirishini istayapti. Vaziyat shundayki, u o‘ynay olmaydi va zahira o‘rindig‘ida o‘tirishidan nima naf?
O‘zbekiston terma jamoasi safida Abbosbek Fayzullayev tayyorgarlik ko‘radi, maydonga tushib o‘ynaydi. Moskvada qolishi nimanidir o‘zgartirishi bo‘lmagan gap emasmi?, - dedi Aleksey Grishin.
SSKA uchun prinsipial ahamiyatga ega bo‘lgan “Spartak”ga qarshi uchrashuv 25 aprel kuni “armiyachilar” mezbonligida o‘tadi.
Abbosbek Fayzullayev esa, terma jamoamizning Osiyo kubogida sovrinli o‘rinlar uchun kurashib, Parij Olimpiadasiga yo‘llanma olishiga yordam berishi kutilyapti. Qoidaga ko‘ra, Qatardagi Osyo kubogida dastlabki uchta o‘rinni egallagan terma jamoalar olimpiya litsenziyalarini qo‘lga kiritadi. To‘rtinchi o‘rin egasi o‘tish o‘yinida Afrika vakili Gvineya bilan raqobatlashishi belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi