23:20 / 23.04.2024
248

Vetnam futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekiston — turnir favoriti"

Vetnam futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekiston — turnir favoriti"
Vetnam futzal milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Diyego Justotssi O‘zbekistonga qarshi bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O‘zbekiston turnir uchun ham taktik, ham jismoniy jihatdan yaxshi tayyorgarlik ko‘rgani sezildi. Bunday tayyorgarlik evaziga ular guruh bosqichida 3 ta g‘alabani qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston qiyin guruhdan joy oldi. Shunga qaramay, birinchi o‘rinni egalladi. Ularning murabbiyi juda kuchli mutaxassis. Raqib chempionlikka asosiy da’vogarlardan biri sanaladi. O‘ylaymanki, Vetnam futzalchilari g‘alaba qozonish uchun bor imkoniyatini ishga soladi.

Biz ochiq o‘yin namoyish etadigan raqiblarga qarshi yaxshi o‘ynaymiz, ammo endi boshqa taktikada harakat qilishni boshlaymiz. Agar g‘alaba qozonsangiz, davom etasiz, yutqazsangiz, uyga qaytishingiz kerak.

Vetnamlik futzalchilar o‘tmishdagi yutuqlar haqida o‘ylashlarini istamayman. Mening murabbiylik uslubim doimo kelajakka qaratilgan. Vetnamga kelganimda, o‘z-o‘zimga mazkur jamoaning hamisha g‘alaba qozonishi va kelajakka yorqin nazar bilan qarashi uchun qattiq mehnat qil va muvaffaqiyat erish deb aytganman. Yana eslatib o‘taman, o‘tmish ortda qoldi va bu haqda o‘ylamang.

Bizda 2024 yilgi Jahon chempionatiga chiqish imkoniyati bor. Xuddi o‘tgan o‘yinlarda bo‘lgani kabi, bu yilgi turnirda ham shogirdlarim kuchli raqib bilan to‘qnash kelganda yuqori konsentratsiyani saqlab qolishlarini istayman. Shogirdlarim o‘yindan o‘yinga kuchayib bormoqda, biroq ushbu bosqich hal qiluvchi ahamiyatga ega va xato qilishga haqqimiz yo‘q.

Menda eng kuchli tarkib yig‘ilgan va biz bo‘lajak o‘yinga tayyormiz", — dedi argentinalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston – Vetnam bahsi 24 aprel kuni 19:00 da start oladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vetnam futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekiston — turnir favoriti"