Ibrohimxalil Yo‘ldoshev: “Biz raqib tanlamaymiz”

Ibrohimxalil Yo‘ldoshev: “Biz raqib tanlamaymiz”
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi himoyachisi Ibrohimxalil Yo‘ldoshev Vyetnamga qarshi o‘yin (3:0) haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- O‘yin haqida...
- Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Raqib jamoa mudofaalangan holda qarshi hujumlarga o‘tiga harakat qildi. Vyetnam Malayziya va Kuvaytdan ajralib turadi, chunki ular to‘pni nazorat qilishda tezkorlikka ega. Vaziyatlardan unumli foydalana oldik. To‘p nazorati bizda bo‘ldi. Stadionga tashrif buyurgan muxlislarga, O‘zbekiston xalqiga minnatdorchilik bildiraman. Har bir o‘yin biz uchun muhim.

- Saudiya Arabistoni haqida qanday fikrdasiz?
- Saudiya yaxshi raqib. O‘zbekistonda o‘tkazilgan Osiyo kubogida boshqa tarkib bilan ishtirok etgandi. Keyingi uchrashuvda bor kuchimiz bilan o‘ynashga harakat qilamiz. Raqib tanlamaymiz. G‘alaba uchun maydonga tushamiz.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar