Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogining chorak finalida Eron va Qirg‘iziston terma jamoalari 24 aprel, chorshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.
Unda 12 karra Osiyo chempioni Eron Qirg‘iz Respublikasini 6:1 hisobida mag‘lub etdi va yarim finalga chiqdi. Shu bilan birga forslar o‘z tarixida 9-marta Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Eron faqatgina ilk mundialda ishtirok etmagan xolos. 1992 yilda forslar Jahonda to‘rtinchi, 2016 yilda esa uchinchi bo‘lishgan.
Agar bugun mundial mezboni O‘zbekiston Vetnamni mag‘lub etib, yarim finalga chiqsa, Qirg‘iz Respublikasida ham Jahon chempionatiga chiqish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Qayd etib o‘tish joiz, Eron O‘zbekiston—Vetnam juftligi g‘olibi bilan yarim finalda to‘qnash keladi.
O‘zbekistonning Vetnamga qarshi o‘yini bugun 19:00 da start oladi.
Futzal. Osiyo Kubogi
Chorak final bahsi
24 aprel, chorshanba
Eron – Qirg‘iziston 6:1
Gollar: Azimi 7, Og‘apur 9, Ahmadabbosi 23, Karimi 25, 35, Hassanzoda 36 (penalti) — Amanbayev 8. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi