
O‘zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes Osiyo kubogi yarim final bosqichidan o‘rin olgan Eronga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
«Rostini aytsam, Eron bilan o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmadik. Chunki kechagi uchrashuvdan so‘ng bunga yetarli vaqtimiz bo‘lgani yo‘q. Biroq raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz. Ularni qanday mag‘lub etish mumkin? Eronlik o‘yinchilarning darajasi juda yuqori va bu jamoani to‘xtatish juda qiyin. O‘ylashimcha, bitta uchrashuvda hamma narsa sodir bo‘lishi mumkin. Biz o‘z maqsadimizga erisha olamiz», - dedi futzal bo‘yicha terma jamoamiz ustozi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar