
Eron futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Vohid Shamsai O‘zbekistonga qarshi bahs haqida fikr bildirdi.
"Birinchi navbatda, xalqimizni bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Og‘ir o‘yin o‘tkazdik, kerakli vaqtda ustunlikni qo‘lga olib, raqib darvozasini ishg‘ol qildik. O‘zbekiston Osiyoda bizga eng yaqin va eng qiyin raqiblardan biri ekanligini amalda ko‘rsatdi.
O‘zbekiston futzalga sarmoya kiritdi, dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan birini jalb etdi va jahon chempionati mezbonligini qo‘lga kiritdi. Bu ham ularning qit’ada eng yaxshilardan biri bo‘lishga intilayotganidan darak beradi.
Finalga yo‘l olish doimo yoqimli. Avvalgi turnirda chempionlikni boy bergan edik. O‘yin penaltilarga qadar davom etgani o‘zimni xotirjam his qilishga imkon bermadi.
O‘zbekiston futzalchilari o‘yindan keyin maydonga cho‘kkalab olishdi. Bunday g‘alati hodisaga futzalda ilk marotaba duch keldim. Bunaqa holatni faqat futbolda ko‘rganman. Ular bunday holatga loyiq emas, jamoa futzalchilari ajoyib o‘yin ko‘rsata olishlari mumkinligiga guvoh bo‘ldik", - dedi mutaxassis.
Vohid ShamsaiEron FutzalO‘zbekiston FutzalG‘alaba TabrikO‘yin PenaltiJamoa O‘yiniJahon Chempionati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing