
Foto: “O‘FA”
O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi hamda “Lans” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi final uchrashuvida qatnashmaydi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Fransiya klubi kelishuviga ko‘ra himoyachi finalgacha bo‘lgan bahslarda qatnashishi kerak bo‘lgan.
“Daryo” manbasining xabar berishicha, himoyachi hafta so‘nggida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan final bahsida terma jamoaga yordam bera olmaydi va Fransiyaga jo‘nab ketadi. Assotsiatsiya Abduqodir Husanov harakat qilayotgan klub bilan final bahsi borasida kelishuvga erisha olmagan.
“Lans” klubi 3 may kuni Fransiya chempionati doirasidagi uchrashuvda “Loryan”ga qarshi bahs olib boradi va katta ehtimol bilan Abduqodir Husanov ushbu bahsda ishtirok etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar