Futbol bo‘yicha Saudiya Qirol Kubogining yarim finalida “An-Nassr” 1 may, chorshanba kuni “Al-Holij”ga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning 17-daqiqasida Krishtianu Ronaldu ajoyib zarbasi bilan hisobni ochdi. 37-daqiqada Sadio Mane penaltidan unumli foydalanib, hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi.
Ikkinchi bo‘limda esa Ar-Riyod klubi faol harakat qildi. 57-daqiqada Ronaldu dublni rasmiylashtirdi. 82-daqiqada “Al-Holij” futbolchisi Altres hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.
Uchrashuv 3:1 hisobida “An-Nassr”ning g‘alabasi bilan yakunlandi va jamoa final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Yana bir yarim final bahsida “Al-Hilol” “Al-Ittihod” ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, finalga chiqqandi.
Saudiya Qirol Kubogi
1/2 final
1 may, chorshanba
“An-Nassr” – “Al-Holij” 3:1
Gollar: 1:0 – Krishtianu Ronaldu (17), 2:0 – Mane (37, penalti), 3:0 – Krishtianu Ronaldu (57), 3:1 – Altres (82).
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
Ukraina harbiy bo‘linmalari Xarkiv viloyatidagi yangi pozitsiyalarga o‘tkazildi
Pentagon mayori AQSH Isroilni qo‘llab-quvvatlagani uchun iste’foga chiqdi
Kolumbiya prezidenti Netanyaxuni hibsga olishga chaqirdi
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
Surxondaryo viloyatida ayiq IIB xodimiga jarohat yetkazdi
AQSH Nigerdan qo‘shinlarini olib chiqishni rejalashtirmoqda
Toshkent viloyatida hojatxonaga tushib ketgan 2 yoshli bola qutqarib olindi