Abituriyentlar test topshiradigan manzillar bilan oldindan tanishishi mumkin

Abituriyentlar test topshiradigan manzillar bilan oldindan tanishishi mumkin

Test sinovlari o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati UzBMB saytiga joylashtirildi. Ma’lumotlar abituriyentlar o‘z imtihon manzilini oldindan aniqlab olishi uchun e’lon qilingan.

Ro‘yxatda test o‘tkaziladigan hududning surati, kirish nuqtalari, joy nomi, manzili, bino raqami va qaysi guruhlar shu yerda test topshirishi ko‘rsatilgan.

Shuningdek, har bir manzilning Google xaritadagi joylashuvi ham berilgan. Bu abituriyentlarga test kuni kerakli binoga adashmay yetib borishda yordam beradi.

Barcha abituriyentlar 11–12 iyul kunlari 09:00 dan 11:00 gacha va 13:00 dan 15:00 gacha ruxsatnomada ko‘rsatilgan manzilga borib, test o‘tkaziladigan joy bilan tanishishlari mumkin.

Abituriyentlarga imtihon kuni kechikmaslik uchun manzil, kirish yo‘lagi va bino raqamini oldindan tekshirib olish tavsiya etiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar