AQSHga noqonuniy yo‘nalish orqali olib chiqishni taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi

AQSHga noqonuniy yo‘nalish orqali olib chiqishni taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi

DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari chet elga noqonuniy yuborishni va’da qilgan shaxslarga nisbatan tezkor tadbirlar o‘tkazdi.

Birinchi holatda Toshkent shahrida yashovchi ikki nafar shaxs fuqarolarni Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan. Ular "G-1" vizasini tanishlari orqali rasmiylashtirib berishini, keyinchalik esa ushbu mamlakatda doimiy yashash huquqini olishga yordamlashishini aytgan.

Bu xizmatlar evaziga gumonlanuvchilar 55 ming AQSH dollari so‘ragan. Ular pulning 25 ming dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Ikkinchi holatda Namangan viloyati Kosonsoy tumanida yashovchi, avval firibgarlik jinoyati uchun sudlangan shaxs fuqaroni AQSHga noqonuniy yo‘l bilan yuborishni taklif qilgan.

U fuqaroni avval O‘zbekistondan Turkiyaga, keyin Ispaniya va Meksika orqali AQSHga olib borishni rejalashtirgan. Buning uchun 50 ming AQSH dollari talab qilgan.

Toshkentda o‘tkazilgan tezkor tadbirda u kelishilgan mablag‘ning 20 ming dollarini olgan paytda qo‘lga olindi.

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar