Superliganing 6-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Neftchi" (1:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O‘yin haqida
- Og‘ir o‘yin bo‘ldi. Birinchi bo‘limda ko‘p xatoliklarga yo‘l qo‘ydik va shuning evaziga gol o‘tkazib yubordik. Ikkinchi bo‘limda yigitlar xarakter ko‘rsatishdi va oxirigacha kurashishdi. Futbol o‘zi shunaqa o‘yin, qanday natija bilan tugashini taxmin qilish qiyin. Harakat qildik, hujumlar tashkil etdik va golga ham haqli edik deb o‘ylayman.
- "Qizilqum" futbolchilarining jismoniy holati avvalgi mavsumlardan yaxshiroq ko‘rinayapti. Buning siri nimada?
- Hech qanday siri yo‘q. Jamoaviy futbol o‘ynashga intilayapmiz, mashg‘ulotlarda bu borada ishlayapmiz. Aniq uzatmalar futbolchining erta charchab qolishini oldini oladi.
- Murodjon Rahmatov va Islom Kenjaboyevlar jamoani tark etishm haqida fikringiz qanday?
- Bu haqida avval gapirdim. Rahmatov va Kenjaboyev iqtidorli futbolchilar. Ular hozir jamoamizda emas ekan, boshqa futbolchilar bilan o‘rinlarini munosib to‘ldirishimiz kerak.
- Legionerlar ko‘rsatayotgan o‘yinlar sizni qoniqtirayaptimi?
- Legionerlar bilan bog‘liq muammo bizda yo‘q. Barchasi o‘z vazifalarini bajarish uchun astoydil harakat qilishmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Singapurda jahon shaxmat toji uchun bahs boshlandi
"Yirtqich" ovga chiqdi...
Namanganda olib qochilgan avtomobil «Qamchiq» dovonida to‘xtatildi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Yevropani Ukrainadagi mojaro boshlanganidan beri eng sovuq qish kutmoqda
Peskov AQSHning amaldagi ma’muriyatini Ukrainadagi vaziyatni keskinlashtirishda aybladi