126
Maksim Shatskix: "Har bir uchrashuvda omadsizlikka duch kelmoqdamiz. Bugun Saitov kutilmaganda jarohat oldi"
Superliga 7-turi doirasida o‘tkazilgan "Olimpik" - "Paxtakor" (1:2) uchrashuvidan so‘ng "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim Shatskix matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
- Barchaga hayrli kech. O‘yin qiziqarli bo‘ldi, ayniqsa ikkinchi bo‘limda. To‘g‘ri reja tanlagandik deb o‘ylayman, lekin birinchi bo‘limda o‘yinimiz chiqmadi. To‘p bilan juda sekin harakatlandik va ayniqsa himoyadan hujumga o‘tishga oqsadik. Ikkinchi taymda esa o‘zimizga kelib oldik. Darvozamiz dahlsizligini saqlab qola olmagan bo‘lsak ham, yakunda g‘alaba qozondik va muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdik.
- "Paxtakor" jamoasida jarohatlar soni ko‘payib ketdi, ayniqsa so‘nggi uchrashuvlar bunga yaqqol isbot. Bugun Saitov, o‘tgan o‘yinlarda Asqarov va Merklar jarohat olishdi. Bunga sabab nima deb o‘ylaysiz? Shuningdek, Hojiakbar Alijonovning holati ham bizga no’malum. Alijonov qachon safga qaytishi haqida ma’lumot bersangiz?
- Alijonov masalasiga to‘xtalsak. Hojiakbar qachon va qayerda jarohat olganini o‘zingiz yaxshi bilasiz. Biz uni ataylab Turkmanistondagi OCHL o‘yinida maydonga tushirmagan edik. Biz uni asragandik, lekin terma jamoada uni o‘ynatishdi. Natijasini esa o‘zingiz ko‘rib turibsiz. Yarim yildan ortiq vaqt o‘tdi, Hojiakbar hali safga qaytgani yo‘q. Har hafta mana endi tiklanadi degan umid bilan yashamoqdamiz. Hozirgi holati yaxshi, og‘riq va jarohat yo‘q. Lekin hali o‘z sport formasiga qaytib olishi kerak. Individual mashg‘ulotlarni boshlab yuborgan. Keyingi hafta yana bir tekshiruvdan o‘tadi va doktorlarning xulosasidan kelib chiqib bir qarorga kelamiz. Alijonovni kutmoqdamiz va u ham futbolni sog‘ingani aniq. Tezroq maydonga qaytishni istamoqda. Saitov esa yo‘q joydan jarohat oldi. Omadsizlik ro‘y berdi va yo‘q joydan jarohat oldi. Ertaga Saitovni ham tekshirtiramiz. Kimi Merk o‘tgan o‘yinda kichik jarohat oldi va u bir nechta o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Dragan Cheran ham jarohatidan sekin astalik bilan tiklanmoqda. Cheran dastlabki daqiqalardan o‘ynashga tayyor emas. Unga biroz vaqt kerak. Bunday yo‘qotishlar juda alamli.
- Jamoa o‘tish vaqtini boshidan o‘tkazmoqda. Bunday jarayon oson kechmaydi va o‘ziga yarasha muammolar bo‘lishi tabiiy. Jamoadagi ichki muhim va futbolchilarning o‘zaro muloqotlari qanday? Bugun maydonda Cheran Hamdamovga qo‘pol javob berdi va uni so‘kdi. Cheranning qo‘pol gaplari barchaga eshitildi.
- Ishoning siz eshitgan so‘zlar, ularning har kungi suhbati. Jamoada hammasi yaxshi. O‘sha vaziyatda Dragan qizishib ketgan edi va shunday so‘zlarni ishlatdi, ammo har mashg‘ulotimizda bunday so‘zlar ko‘p ishlatiladi. Hozir kiyinish xonasiga kirsangiz, ular bir birini quchoqlab g‘alabani nishonlayotganini ko‘rasiz. Cheran va Hamdamov yaqin do‘stlar va ularning o‘zaro suhbati shunday sal qo‘polroq. Hamdamov noto‘g‘ri harakat qilgandi va shu sabab Cheran unga e’tiroz bildirdi.
- Jamoangizda to‘p bilan harakatlanish juda sekinligi va bog‘lovchi vaziyatlarda tez qaror chiqarish bo‘yicha muammolar borligini aytdingiz? Ushbu muammolar qachon bartaraf etilishi mumkin? Jamoada yosh futbolchilar ko‘pligi va ularda tajriba kamligi tufayli, jamoa o‘yini juda sekinlashib ketayotgandek?
- Ushbu muammo faqatgina birinchi bo‘limda kuzatildi. Yoshlarga tajriba kerak. Hozirgi "Paxtakor"ga qarab baho bermanglar, sababi biz katta o‘zgarishlarga qo‘l urdik. Bu hali tayyor mahsulot emas. 90 foiz tarkibimiz o‘zgardi. O‘tgan mavsumdan bor yo‘g‘i uchta futbolchi qoldi. Bizda rotatsiya qilishga imkoniyat yo‘q. Zahiradan tushayotgan futbolchilar o‘yinni kuchaytirish emas, charchagan futbolchini o‘rnini bosish uchun maydonga tushmoqda. Har bir uchrashuvda yana jarohat olmoqdamiz. Bizning zahiramizdagi futbolchilar U19 jamoasidan asosiy jamoaga o‘tib qolishdi. U19 chempionati bilan Superliganing darajasi qanday farq qilishini o‘zingiz bilasiz. Yosh futbolchilar U19 va U21 chempionatlarida o‘ynashlari va o‘sha yerda tajriba to‘plashlari kerak. Bizda esa katta o‘zgarishlar bo‘lib ketdi. To‘g‘ri, juda iqtidorli yosh futbolchilar ham uchrab turadi, lekin ular sanoqli. Masalan 40ta yosh futbolchidan bitta Abbos Fayzullayevga o‘xshagan "vunderkind" chiqishi mumkin. Har bir yosh toifasi muhim poydevor hisoblanadi. Bahona qilmaymiz va ishlashda davom etamiz. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Namanganda olib qochilgan avtomobil «Qamchiq» dovonida to‘xtatildi
Peskov AQSHning amaldagi ma’muriyatini Ukrainadagi vaziyatni keskinlashtirishda aybladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Medvedev yadroviy qurol texnologiyasini “AQSH dushmanlariga” berishni taklif qildi
Qozog‘iston prezidenti mahalliylashtirilgan sportchilar sonini kamaytirishga topshiriq berdi
Komil Allamjonovga suiqasdda gumonlanib 5 kishi qamoqqa olindi