23:16 / 12.05.2024
251

Vitaliy Levchenko: "Norchayev "Navbahor" bilan o‘yingacha ham qaytmasa kerak"

Vitaliy Levchenko: "Norchayev "Navbahor" bilan o‘yingacha ham qaytmasa kerak"
Superliganing 7-turidan o‘rin olgan "Neftchi" - "Andijon" (2:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida
- O‘yin derbi maqomiga xos o‘tdi. Ko‘proq Yevropa futbolida shunaqa olovli derbilar bo‘ladi. Muxlislarga rahmat, butun uchrashuv davomida bizni juda yaxshi qo‘llab-quvvatlashdi. Bugun har ikki jamoa muxlislari haqiqiy futbol bayramini tashkil etib berishdi. 0:2 hisobini 2:2 ko‘rinishiga aylantira oldik, yigitlarga xarakter uchun raxmat aytaman.

- Ikkinchi bo‘limda tezkor futbol namoyish etishni maqsad qilganmidingiz?
- Birinchi bo‘limda oldingi chiziqda Nsungusu Efiong harakat qildi. Ikkinchi bo‘limda vaziyatni o‘zgartirdik. "Andijon" safida turli nuqtalarda o‘ynay oladigan futbolchilarga qarshi uslub ko‘rsatishimiz shart edi. Ko‘rganingizdek, ikkinchi bo‘limda tezkorlikka urg‘u qaratdik, chunki hisob ham tezlikni talab etayotgandi.

- Manuchehr Safarovning o‘yinlaridan qoniqish hosil qilayapsizmi?
- Safarov terma jamoada ham katta bosim bilan o‘ynaydi. Bundan tashqari Jasur Jaloliddinovda ham shunday vazifa bor. Ularda charchoq alomatlari mavjud.

- Norchayev nega o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi?
- Unda jarohat bor. Terma jamoadan qaytganidan so‘ng ko‘rikdan o‘tdi va jarohati bor ekanligi ma’lum bo‘ldi. Tezroq safimizga qo‘shilishiga umid qilayapmiz.

- "Navbahor" bilan o‘yingacha safga qaytishi mumkinmi?
- Menimcha yo‘q. Chunki Xusaynga tiklanib olishi uchun bir oz vaqt kerak. Futbolchining sog‘ligi bilan tavakkal qila olmaymiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vitaliy Levchenko: "Norchayev "Navbahor" bilan o‘yingacha ham qaytmasa kerak"