Ro‘ziqul Berdiyev: "Bunyodkor" 8-1 taktik sxemasida o‘ynadi"

1 daqiqa o'qish289
Ro‘ziqul Berdiyev: "Bunyodkor" 8-1 taktik sxemasida o‘ynadi"
Superliganing 7-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Bunyodkor" (0:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida
- Uchrashuvni ko‘rdinglar, raqib chuqur himoyalandi. Vaziyatlar haqida gapirmoqchi emasman, ko‘plab hujumlar tashkil etdik. Gol urish uchun imkoniyatlarimiz bo‘ldi, biroq himoyada yaxshi turdi. Shuningdek, "Bunyodkor" darvozaboni ko‘rsatgan o‘yinni ham alohida aytib o‘tib ketish kerak. Bugun ular bizdan ochko tortib olishni uddalashdi, rejalarini buza olmadik.

- Sharof Muhitdinovda vaziyatlar bo‘ldi, biroq uning zarbalari noaniq chiqdi. O‘yin davomida boshqa futbolchilarda ham shu kabi holatlar kuzatildi. Bu nima bilan bog‘liq?
- Barcha zarbalarimiz ham noaniq ketdi deb ayta olmayman. Ko‘plab hujumlar tashkil etdik, darvoza tomon aniq zarbalar ham yo‘lladik. Biroq raqib himoyada yaxshi turdi, darvozabon qutqargan vaziyatlar ham bo‘ldi.

- Braziliyalik legioner Da Silva ko‘p o‘yinlarda zahirada qolayapti. Uning transferi omadsiz chiqdimi?
- Zahirada faqat u emas, boshqalar ham bor. Bir futbolchiga bog‘lash kerakmas. Natijalarimiz yomon bo‘lganida transfer omadsiz baholansa bo‘ladi. Biz har doim o‘yinga 100 foiz tayyor bo‘lgan futbolchini asosiy tarkibga kiritamiz. Da Silva bizning chempionatga moslashishi uchun vaqt kerak.

- OKMK bilan o‘yinda 4 talab gol urgan "Nasaf" bugun negadir gol ura olmadi. Bunga nima sabab bo‘ldi deb hisoblaysiz?
- Olmaliq bilan o‘yinda ochiq futbol edi. Bugun ko‘rdingiz, raqib chuqur himoyalandi. Qizil kartochkadan so‘ng 8-1 taktik sxemasida o‘ynashdi. Bunday jamoaga gol urish juda qiyin.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?