O‘tgan yili yozda Fransiya chempionatining kuchli jamoalaridan biri “Lans” o‘zbek futbolchisi Abduqodir Husanovni o‘z tarkibiga qo‘shib olgan edi. Bu transfer bir necha jihatdan tarixiy bo‘ldi.
Birinchidan, Abduqodir kuchli beshlik chempionatlari qatorida tilga olinadigan Fransiya chempionatida o‘ynagan birinchi o‘zbek futbolchisiga aylandi.
Ikkinchidan, Husanov "Energetik-BGU" vakili sifatida Belarus oliy ligasidan Fransiyaga yo‘l olgan birinchi o‘yinchi sifatida Belarus futboli tarixiga ham o‘z nomini yozdirib qo‘ydi.
Uchinchidan, joriy mavsumda 20 yoshli markaziy himoyachimiz UYEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi va Yevropa Ligasida ishtirok etgan o‘zbekistonlik yagona o‘yinchi sifatida qayd etildi.
“Lans”ning bu qarori o‘zini oqladi. Abduqodir Husanov Liga 1 uchrashuvlarida yuqori saviyada o‘ynadi. Yevropa Chempionlar ligasi va Yevropa Ligasida ikkitadan o‘yinda qatnashdi.
20 yoshli himoyachimiz Belarus chempionatida pishgan futbolchilar ham kuchli ligalarda o‘ynab keta olishini isbotladi.
Buni inobatga olib, “Lans” mutasaddilari Belarus chempionatidan yana bir yosh himoyachini transfer qiladigan bo‘ldi. Bu gal lansliklar BATE jamoasining senegallik legioneri Sidi Beynni tanladi.
Fransiya klubi afrikalik 20 yoshli markaziy himoyachiga 2028 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma taklif qilmoqda. Bu transfer taxminan 300 ming yevro atrofida baholanyapti.
Foot Mercato nashrining yozishicha, “Lans”ning uzoq muddatli kuzatuvida skautlarda yaxshi taassurot qoldirgan Sidi Beynning o‘zi ham “Lans” chorlovini qabul qilgan va tez orada jamoa bilan shartnoma tuzishga umid qilmoqda.
Sidi Beyn Belarus chempionatiga 2022 yilning aprelida Senegalning “USP Goureye” klubidan ko‘chib o‘tgan.
Iqtidorli himoyachi Belarusning ichki musobaqalari va Yevropa maydonidagi xalqaro turnirlarda jami 46 martoba maydonga tushib, o‘z hisobiga beshta gol yozdirib qo‘ydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
2050 yilda 1,2 milliardgacha odam yashash joyini tark etadi
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
Qur’onni yoqqani uchun qamalgan Nikita Juravelga yangi hukm o‘qildi
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi
Kiyev va Moskva o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari: u qanday ko‘rinishda bo‘lishi mumkin?
Superliga. 2025 yilgi mavsum qachon start olishi ma’lum qilindi