22:00 / 22.05.2024
122

Konor Makgregor Habib Nurmagomedovning oktagonga qaytishini kutmoqda

Konor Makgregor Habib Nurmagomedovning oktagonga qaytishini kutmoqda
Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor Habib Nurmagomedovning oktagonga qaytishini kutmoqda.

Barcha uning qochib ketgan qafasiga qaytishini kutadi. Bu — qafas, qopqon esa allaqachon qo‘yilgan. Bundan nima chiqarkan, bilmadim. Uning ortga qaytishini ko‘rish qiziq bo‘lardi”, — deydi Konor.

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedov 2020 yilda UFC chempioni sifatida, 29-0 rekord bilan faoliyatini yakunlagan edi.

Makgregor esa so‘nggi jangini 2021 yil iyul oyi Dastin Porega qarshi o‘tkazib, oyog‘ini sindirib olgandi. Pore texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongan edi. Iyun oyida UFC 303 turnirida irlandiyalik jangchi Maykl Chendlerga qarshi jang qiladi.

Konor va Habib o‘rtasidagi jang 2018 yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan va unda dog‘istonlik jangchi g‘alaba qozongan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Konor Makgregor Habib Nurmagomedovning oktagonga qaytishini kutmoqda