
Abbosbek Fayzullayev uchun legioner sifatidagi ilk mavsum muvaffaqiyatli o‘tdi. O‘tgan yilning avgustida “Paxtakor”dan SSKAga transfer qilingan 20 yoshli futbolchimiz qisqa fursatda “armiyachilar”ning yetakchi o‘yinchiga aylandi.
Rossiya Premer-ligasi yakunlanib, futbol ekspertlari, murabbiylar, mutaxassislar mavsum qahramonlari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirmoqda.
Sports.uz portali rossiyalik ekspertlarning Abbosbek Fayzullayev haqidagi fikrlarini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola qilishda davom etadi.
Maksim Demenko, sobiq futbolchi:
“Dinamo” chempion bo‘la olmaganiga qaramay, Marsel Lichkani Rossiya Premer-ligasida mavsumning eng yaxshi murabbiyi, deb hisoblayman. Men uchun mavsum kashfiyoti Konstantik Tyukavin bo‘ldi.
Eng yaxshi yosh futbolchi sifatida Abbosbek Fayzullayevni tan olaman. SSKA juda zo‘r transferni amalga oshirdi va bu o‘yinchi yosh bo‘lishiga qaramay, o‘zini jamoa yetakchisi sifatida ko‘rsatmoqda.
Endi bundan buyog‘iga SSKAni Abbosbek Fayzullayevsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. U jamoa o‘yinini boshqaryapti, o‘yindan o‘yinga o‘sayotgani ko‘rinib turibdi.
Aleksandr Tarxanov, futbol mutaxassisi:
Rossiya Premer-ligasining ayni paytda eng yaxshi murabbiyi Marsel Lichka. Uning murabbiylik g‘oyalari shundoq ko‘rinib turibdi. “Dinamo”ni yozda qabul qilib olib, birinchi mavsumdayoq chempionlik da’vogariga aylantirdi.
Eng yaxshi o‘yinchi Konstantin Tyukavin. Yana bir necha mahoratli va iqtidorli futbolchilar o‘zini ko‘rsata oldi. Ularning orasida eng sifatli yosh o‘yinchi Abbosbek Fayzullayev bo‘ldi.
Ta’kidlash lozimki, Abbosbek Fayzullayev SSKA futbolchisi sifatida barcha turnirlarda 31 ta o‘yinda qatnashib, beshta gol va 13 ta assist muallifi bo‘ldi. Uning transfer summasi 5 million yevroni tashkil qilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar