10:20 / 27.05.2024
120

Vitaliy Levchenko: "Asabiy yakun bo‘lmaganda futbolchilarimga maksimal ball qo‘ygan bo‘lardim"

Vitaliy Levchenko: "Asabiy yakun bo‘lmaganda futbolchilarimga maksimal ball qo‘ygan bo‘lardim"
"Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko Superliga 9-tur doirasidagi OKMK (1:0)ga qarshi o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O‘yin biz uchun gol urilganga va undan keyingi davrga bo‘lindi. Golga qadar o‘yinni nazorat qildik va to‘pga egalik qildik, shuningdek raqibga mudofaadan hujumga tezlik bilan o‘tishga yo‘l qo‘ymadik. Goldan so‘ng biroz asabiylik kuzatildi, bahs so‘nggida esa umuman "validolli" holat bo‘ldi. Xudoga shukur, bugungi o‘yinda uch ochkoni qo‘lga kiritdik.

Uydagi o‘yinlarda bu ajoyib muxlislar bizni olg‘a chorlashadi. Ularga katta respekt! Keyingi o‘yinlarda stadion to‘lishi uchun ko‘proq bo‘lishlarini so‘raymiz, yigitlar ham shu sabab borlarini berishadi.

Muammolar haqida ko‘p gapirishni xohlamayman. Muammolarimiz bizniki. Suhbatlar bo‘lib o‘tdi, vaziyat kelgusida yaxshilanadi. Jamoa o‘sishi uchun biz va rahbariyat o‘z tomonidan harakat qilishi kerak.

Mirzohid G‘ofurov? Hozircha unda og‘riq bor. Tiklanish ketmoqda va keyingi o‘yinga qaytishi mumkin.

Agar asabiy yakun bo‘lmaganda, jamoa o‘yinini maksimal ballga baholagan bo‘lardim. Ammo, kuchayishimiz kerak bo‘lgan jihatlar bor. Biz shu yo‘ldamiz", — dedi Levchenko.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vitaliy Levchenko: "Asabiy yakun bo‘lmaganda futbolchilarimga maksimal ball qo‘ygan bo‘lardim"