
“Barselona” klubi prezidentligiga sobiq nomzod Viktor Font hozirgi xo‘jayin Joan Laportaga maktab yo‘llab, uni lavozimni bo‘shatib qo‘yishga chaqirgan. Marca nashrining yozishicha, Font o‘z talabini bir necha omillar bilan izohlagan.
Xususan, u “klub murakkab vaziyatlarni boshdan o‘tkazayotgani”, “2021 yildan beri natijalar pasayib ketgani” va “boshqaruvdagi xato qarorlar” sababli Joan Laportadan iste’fo talab qilyapti.
Fontning ta’kidlashicha, atrofida klubni modernizatsiya qila oladigan va uni yana yetakchi pozitsiyalarga olib chiqishga qodir boshqa menejerlar ham bor.
Vaziyat shundayki, klub hamon zarar ko‘rishda davom etmoqda va holatni o‘nglash uchun investor topishga juda kam vaqt qoldi, - dedi Font. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 