date
views 253

“Nasaf” — O‘zbekiston Superkubogi sohibi!

“Nasaf” — O‘zbekiston Superkubogi sohibi!
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogi bahsida 29 may, chorshanba kuni “Paxtakor” va “Nasaf” jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi.

Ikkinchi bo‘limda esa tomoshabinlar gollar guvohiga aylandi. Dastlab, 54-daqiqada Dragan Cheran penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochgan bo‘lsa, 80-daqiqada Sharof Muhitdinov ajoyib gol bilan muvozanatni tikladi.

Uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi va g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo‘ldi. Penaltilarda qarshiliklarning qo‘li baland keldi va O‘zbekiston Superkubogi sohibiga aylandi.

O‘zbekiston Superkubogi
29 may, chorshanba

“Paxtakor” — “Nasaf” 1:1
Penaltilar seriyasi
: 3:4

Gollar: Dragan Cheran, 54 pen (1:0), Sharof Muhiddinov, 80 (1:1).

“Paxtakor”: 35. Pavel Pavlyuchenko, 2. Behruz Asqarov (15. Diyor Ortiqboyev, 86), 3. Shahzod Azmiddinov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 8. Diyor Xolmatov, 10. Dragan Cheran, 17. Dostonbek Hamdamov, 18. Saidumarxon Saidnurullayev, 22. Umar Adhamzoda, 31. Muhammadali Usmonov (99. Husayn Ergashboyev, 90+2), 55. Muhammadrasul Abdumajidov.

“Nasaf”: 35. Abduvohid Ne’matov, 7. Akmal Mozgovoy, 8. Zafarmurod Abdiraxmatov (6. Murodjon Rahmatov, 73), 14. Sharof Muhitdinov, 27. Islom Kenjaboyev (30. Temur Chogadze, 74), 28.Shuhrat Muhammadiyev, 32.Zoran Marushich (10. Bobir Abdixoliqov, 73), 34. Sherzod Nasrullayev, 70.Jambuli Jigauri (20. Viktor da Silva, 73), 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoevich (9. Javohir Sidiqov, 83).

Ogohlantirish: Islom Kenjaboyev (68).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Nasaf” — O‘zbekiston Superkubogi sohibi!