date
views 626

Abduqodir Husanov: "Bu o‘zbek futboli uchun tarixiy natijadir"

Abduqodir Husanov: "Bu o‘zbek futboli uchun tarixiy natijadir"
Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Abduqodir Husanov ishtirokidagi videoni e’lon qildi.

"Hammaga salom. Men Abduqodir Husanov. Futbol bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi va "Lans" futbol klubining markaziy himoyachisiman. Termamiz bu yil Parijda bo‘lib o‘tadigan olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritganini g‘urur bilan e’lon qilaman.

Bu o‘zbek futboli uchun tarixiydir. Men jamoamizning har bir a’zosiga, murabbiylar shtabiga, muxlislarimizga va ushbu muvaffaqiyatga hissa qo‘shgan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Olimpiya o‘yinlari sport yuksakligi, rang-baranglik va xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik bayramidir. Ushbu nufuzli tadbirda o‘z mamlakatim nomidan qatnashish katta sharafdir. Maydonda bor kuchimni berishga harakat qilaman. Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasiga, o‘zbek sporti va sportchilariga ko‘rsatayotgan ko‘magi uchun minnatdorchilik bildiraman.

Barchangizni "Parij-2024" Olimpiya o‘yinlarida bizni qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman
", - dedi Husanov.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abduqodir Husanov: "Bu o‘zbek futboli uchun tarixiy natijadir"