date
views 201

UFC 302. Islom Maxachev Poreni muddatidan oldin mag‘lub etdi

UFC 302. Islom Maxachev Poreni muddatidan oldin mag‘lub etdi
AQSHning Nyu-Jersi shtatida O‘zbekiston vaqti bilan 2 iyun tongida UFC 302 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Kechaning asosiy jangi Islom Maxachev va Dastin Pore o‘rtasida kechdi. Birinchi raundda Maxachev Poreni teykdaun yordamida parterga oldi. Islom raqibini bo‘g‘ishga urindi. Pore esa vaziyatdan chiqib ketishi qiyin bo‘ldi. Dastin birinchi raundni to‘liq yerda o‘tkazdi.

Ikkinchi raund ham Maxachevning ustunligi bilan yakunlandi. Uchinchi raundning boshida Pore ikki bor tizza zarbasini o‘tkazib yubordi. Yana hujumga o‘tgan Islom raqibini teykdaunga oldi. Raund so‘nggida ikki jangchi ham zarbalar almashib oldi. To‘rtinchi raundda jangchilar yana bir-biriga zarbalar bilan javob qaytardi.

Beshinchi raundda esa Islom Poreni bo‘g‘ish uslubida mag‘lub etdi.

UFC 302 turnirining qolgan natijalari bilan tanishing:

- Shon Striklend (28-6) to‘liq davom etgan jangda Paulo Kosta (14-3) ustidan ochkolar evaziga g‘alaba qozondi;
- Kevin Holland (26-11) Mixal Olekseychuk (19-8) ustidan 1-raundda g‘alaba qozondi;
- Jailton Almeyda (21-3) Aleksandr Romanovni (17-3) 1-raundda bo‘g‘ish uslubida mag‘lub etdi;
- Rendi Braun (19-5) Elizeu Zaleski dos Santosni (24-8-1) ochkolar hisobiga mag‘lubiyatga uchratdi;
- Roman Kopilov (13-3) Sezar Almeydani (5-1) ochkolar hisobiga mag‘lub etdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » UFC 302. Islom Maxachev Poreni muddatidan oldin mag‘lub etdi