15:57 / 02.06.2024
760

Shomurodovni olish oson bo‘lmayapti...

Shomurodovni olish oson bo‘lmayapti...
Mavsum yakunlariga ko‘ra, A Seriyadagi joyini saqlab qolgan “Kalyari” klubi yozda bir necha muhim masalalarni hal qilishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Klubning asosiy muammosi kelasi mavsum jamoa sharafini himoya qiladigan tarkibni shakllantirish. Biroq bu masalaning yechimi yangi bosh murabbiy bilan hal etiladi.

Sardiniyaliklarni quyi ligadan yuqori divizionga ko‘targan va A Seriyada jamoani olib qolgan Klaudio Raneri murabbiylik faoliyatini yakunlaganini e’lon qilib “Kalyari” rahbariyatini biroz shoshirib qo‘ydi.

Klub mutasaddilari birinchi navbatda hujum chizig‘ida qaysi futbolchilar o‘ynashiga oydinlik kiritib olishi kerak. Bu pozitsiya vakillaridan bir nechtasining shartnomasi tugagan, yana bir guruhi boshqa klublardan ijaraga olingan va aynan ularning kelajagiga tezroq oydinlik kiritish talab etiladi.

Italiya futbolini yoritayotgan bir necha manbalar “Kalyari”ni A Seriyadagi o‘rnini saqlab qolishga salmoqli hissa qo‘shgan Eldor Shomurodovning kelajagi haqida yozdi.

La Gazzetta dello Sport:

Eldor Shomurodovning kelajagi hozircha mavhum bo‘lib turibdi. O‘zbek hujumchisi A Seriyada 22 ta uchrashuvda uchtadan gol va assist qayd etgandi. Bu o‘yinchi bo‘yicha yakuniy qaror har qanday holatda ham jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlanganidan keyin qabul qilinadi.

Shu bilan birga “Roma” klubi Eldor Shomurodovning transferi uchun qo‘ygan 10 million yevro atrofidagi summa “Kalyari”ga balandlik qilmoqda. Vaziyatni kuzatib boramiz va jarqo‘rg‘onlik yigitning “Kalyari”da qolishi hal bo‘lishiga muxlislarni xabardor qilamiz.

TUTTOmercatoWEB.com:

Shomurodov Ranerisiz qoldi. Hozircha, 28 yoshli o‘zbek futbolchisining “Kalyari”dagi kelajagi haqida aniq biror nima deb bo‘lmaydi. Uni qo‘llab-quvvatlab kelgan va jamoada olib qolmoqchi bo‘lgan Klaudio Raneri endi klubda yo‘q.

Shomurodov transferiga 10 million yevro miqdorida sarmoya kiritish o‘rinlimi?

Bu savolga javob Eldorning hujumdagi sheriklariga ham bog‘liq. Zito Luvumbo juda ko‘p takliflar olyapti va Sardiniyada qolishi dargumon. 35 yoshli Leonardo Pavolettining jismoniy holati barqarorligiga hech qanday kafolat yo‘q. Andrea Petanya va Janluka Lapadula bo‘yicha ham shunga o‘xshash vaziyat.

La Nuova Sardegna:

“Kalyari” hujumni qo‘llab-quvvatlab kelgan Naitan Nandez bilan xayrlashdi. Marko Mankosu jismoniy holati tufayli butun chempionatni o‘tkzib yubordi. Nikolas Violaning shartnomasi tugayapti.

Hujum vakillaridan faqatgina Janluka Lapadulaning yana ikki yillik shartnomasi bor. Kelasi mavsum oldingi chiziqda unga yordam bera oladigan hujumchi kerak.

Eldor Shomurodov, Janluka Gaetano va Andrea Petanyaning ijara shartnomasi tugadi. Ulardan birini olib qolish oson bo‘lmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodovni olish oson bo‘lmayapti...