Maksim Shatskix: "Butun stadion sizga qarshi muxlislik qilsa ham, professional sifatida o‘z o‘yiningizni o‘ynashingiz kerak"

1 daqiqa o'qish212
Maksim Shatskix: "Butun stadion sizga qarshi muxlislik qilsa ham, professional sifatida o‘z o‘yiningizni o‘ynashingiz kerak"
Superliganing 10-turidan o‘rin olgan "Andijon" - "Paxtakor" (1:3) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Maksim Shatskix matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida
- Barchaga xayrli kech. "Andijon" maydonida o‘tadigan o‘yinlar har doim oson bo‘lmaydi. Sababi, jamoa muxlislari tomonidan juda kuchli tarzda qo‘llab-quvvatlab boriladi. Bugun ham bizga oson bo‘lgani yo‘q, stadionga kelgan muxlislar bu uchrashuvni haqiqiy futbol bayramiga aylantirib yuborishdi.

Superkubokda 3 kun oldin o‘tkazgan og‘ir o‘yinimizdan so‘ng "Andijon" bilan o‘yinga tiklanib olishimiz uchun vaqtimiz qisqa bo‘ldi. Shunga qaramay yigitlar yaxshi harakat qilishdi. Bugun juda og‘ir o‘yin o‘tkazdik. Qo‘lga kiritilgan 3 ochko juda qiyin tarzda amalga oshdi deb ayta olaman.

- Siz "Andijon" klubi fan klubiga qanday baho bergan bo‘lardingiz? "Paxtakor" bugungi o‘yinda muxlislar bosimini qanday yengib o‘tdi?
- Men aytib o‘tdim, "Andijon" muxlislari jamoani jamoani juda kuchli qo‘llab-quvvatlashadi. Bu jamoa fan klubi haqida bilaman. Biz buni avvaldan bilardik. Bu futbolning ajralmas qismi. Butun stadion sizga qarshi muxlislik qilsa ham siz professional sifatida o‘z o‘yiningizni o‘ynashingiz kerak. "Andijon" stadionidagi sharoitlar barcha uchun qulay tarzda shakllantirilibdi. Aytaylik, bu stadionga oilaviy keldingiz, farzandlaringiz uchun park ham bor, bemalol hordiq chiqarib ketsangiz bo‘ladi.

- "Paxtakor" klubida muxlislar bilan ishlash borasida qanday ishlar amalga oshirilayapti?
- Klubda muxlislar bilan ishlash borasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. "Paxtakor" qarorgohida har doim muxlislar bilan alohida yondashuv asosida ishlanadi. Masalan, klubning yubileyi, muhim sanalari doim muxlislar bilan hamfikr tarzda tashkil etiladi. Maydonga chiqsangiz, tribunada sizni olqishlayotgan muxlislar bo‘lsa, bu zavqli albatta. Biz bu borada to‘g‘ri yo‘ldamiz deb ayta olaman.

- "Paxtakor" mavsumni u qadar yorqin o‘tkazmayapti. Hozirga kelib jamoa o‘yinlari ijobiy tomonga o‘zgardi. Mavsum boshidanoq shunaqa tempda o‘ynash uchun jamoaga nima yetishmadi?
- Biz mavsumni yomon boshlamadik. Tarkibimiz 90 foizga o‘zgarib ketdi. Yoshlar bilan muntazam bir xil tempda o‘ynash qiyin. Biz o‘yinlar va mashg‘ulotlar mobaynida shakllanib boramiz.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?