
Superliganing 10-turidan o‘rin olgan "Andijon" - "Paxtakor" (1:3) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
- "Paxtakor" jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun bizning kunimiz emas ekan. O‘yin natijasiga ta’sir ko‘rsatgan ko‘p jihat birinchi bo‘limda sodir bo‘ldi. Birinchi bo‘limda o‘yinimiz qovushmadi, ketma-ket gollar o‘tkazib yubordik. Ikkinchi bo‘limda o‘yinimiz jonlandi, ustunlikka ega bo‘ldik. Hujumlar tashkil etdik, gol ham kiritdik, biroq bularning hammasi bizni mag‘lubiyatdan qutqarib qola olmadi.
- Andijonlik muxlislar haqida fikringiz qanday? Ular haqida hozir hamma joyda gapirishayapti...
- Albatta, Andijonda futbolni yaxshi ko‘rishadi. Bizning muxlislar eng yaxshi ekanini har doim his qilganmiz. Bu kabi qo‘llab-quvvatlasangiz, siz uchun juda yoqimli. Klubda muxlislar bilan ishlash amaliyoti yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
- Bugungi gollarda markaziy himoyachilarning xatolari ko‘zga tashlandi. Rotatsiya qilish vaqti kelmadimikan?
- 3 ta gol bu juda ko‘p. Himoyachilar xatoga yo‘l qo‘ydi, to‘g‘ri. Lekin mag‘lubiyat uchun butun jamoa aybdor bo‘ladi. Raqib qarshi hujumlarda jamoamizda sarosima ko‘zga tashlandi. Bu savolga hozir aniq javobim yo‘q.
- Marlen Chobanov, Suhrob Berdiyev kabi futbolchilar bugungacha maydonga tushirilmadi. Buning sababi nima?
- Biz hozir jamoaning optimal tarkibini shakllantirish borasida ishlayapmiz. Mening qarashlarimga ko‘ra, barcha jarayon bosqichma-bosqich amalga oshadi.
- Siz nega o‘rinbosarlar ishtirokidagi o‘yinlarga kelmaysiz?
- Bu vaqt tig‘izligi bilan bog‘liq. Bizda mas’uliyatli vazifa bor va ishlashimiz kerak. Imkon qadar borishga harakat qilaman. Yordamchi murabbiylar menga har bir o‘yin jarayoni haqida yetarlicha axborot berib borishadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar