Abbosbek Fayzullayev “SSKA”da may oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Abbosbek Fayzullayev “SSKA”da may oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
O‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev “SSKA”ning may oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqida jamoa matbuot xizmati ma’lum qildi.
Abbosbek Fayzullayev “SSKA”da may oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
20 yoshli futbolchi o‘tgan oyda 6 ta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi.

Qayd etib o‘tish joiz, Abbosbek sentyabr va oktyabr oylarida ham “SSKA”ning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Rossiya Premer Ligasida “Mavsum kashfiyoti” sovrinini ham qo‘lga kiritgan edi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar